Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Oliy harbiy bojxona instituti
328

Oliy harbiy bojxona instituti

 

ohbi.jpg

2003 yilda Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov tashabbuslari bilan Markaziy Osiyo mintaqasida yagona Oliy harbiy bojxona instituti (OHBI) tashkil etilgan.

Oliy harbiy bojxona instituti jahon standartlariga to‘liq javob beradi. Institutda 10 ta kafedra, ixtisoslashgan dars xonalari, kimyo va kriminalistika laboratoriyalari, amaliy mashg‘ulot maydonchalari faoliyat yuritmoqda.

Institutda yuqori malakaga va amaliy tajribaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Ular orasida 30 dan ziyodi fan doktori va nomzodi ilmiy daraja va unvonlariga ega.

Ushbu ta’lim dargohida o‘quv-tarbiyaviy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish uchun ma’muriy va o‘quv binolari, ikkita zamonaviy yotoqxonalar, kutubxonalar, sport majmuasi, trenajyor zallar, TIR, yozgi va qishki suzish havzalari, tennis korti mavjud.

Institutda ta’lim jarayoni nazariy bilimlar berish bilan bir qatorda tinglovchilarda amaliy ko‘nikmalar hosil qilish maqsadida o‘quv yili yakunida har bir kurs tinglovchilarining malakaviy amaliyot o‘tashi Davlat bojxona qo‘mitasi (DBQ)ning hududiy bojxona boshqarmalarida olib boriladi.

Institutda O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlariga muvofiq:

- 5340500-“Bojxona ishi”;

- 5380113-“Bojxona huquqi” ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.

Ta’lim jarayoni davlat grantlari asosida, kunduzgi o‘quv shaklida 4 yil muddatda amalga oshiriladi.

Institut tinglovchilari o‘rnatilgan tartibda bepul forma kiyim-boshi, 3 mahal ovqat, yotoqxona hamda tabaqalashgan (sessiya natijalariga ko‘ra) stipendiya bilan ta’minlanadi.

1-kursga qabul qilingan tinglovchilar avgust oyida 1 oylik dala harbiy o‘quv yig‘iniga jalb etiladi va 1 sentyabr kuni tantanali ravishda harbiy va bojxonachi qasamyodlarini qabul qiladilar.

Tinglovchilarning institutdagi o‘qish davri muddatli harbiy xizmat va bojxona organlaridagi uzluksiz xizmat yiliga qo‘shiladi.

Har yili qishgi sessiya va o‘quv yili yakunlanganidan keyin ta’til berilib, O‘zbekiston Respublikasining barcha hududi bo‘ylab ta’til o‘tash manziliga borish va qaytish bepul amalga oshiriladi.

Institut o‘quv dasturini to‘liq tamomlagan va Davlat imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilarga mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom hamda “bojxona xizmati leytenanti” maxsus unvoni beriladi.

20.02.2018

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing