Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
O’zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketayotgan jismoniy shaxslar uchun bojxona qoidalari
133

O’zbekiston Respublikasidan chiqish joyi va vaqti

O’zbekiston Respublikasi fuqarolari respublikaning barcha chegara bojxona postlari orqali respublika hududida chiqib ketishlari mumkin.

Xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar respublikaning xalqaro maqomga ega bo’lgan chegara bojxona postlari orqali chiqib ketishlari mumkin. Shu bilan birga, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmaniston fuqarolari mazkur davlatlar bilan O’zbekiston Respublikasi o’rtasidagi o’tkazish punktlari to’g’risidagi bitimlarga asosan belgilangan ikkitomonlama chegara bojxona postlari orqali xarakatlanishlariga ham ruxsat etilgan.

Aeroport va chegara temir yo’l bojxona postlari orqali barcha davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar harakatlanishi mumkin.

xalqaro maqomga ega bo’lgan chegara bojxona postlari – barcha davlat fuqarolari va transport vositalari harakatlanishi mumkin bo’lgan chegara bojxona postlari.

ikki tomonlama chegara bojxona postlari – qo’shni davlatlar bilan imzolangan kelishuvlarga muvofiq belgilangan va faqatgina ahdlashuvchi davlatlar fuqarolari va transport vositalari harakatlanishi mumkin bo’lgan chegara bojxona posti.

O’zbekiston Respublikasi xavfsizligini ta’minlash maqsadida hamda bojxona postida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi munosabati bilan bojxona postlari orqali shaxslarning harakati cheklanishi yoki vaqtinchalik to’xtatilishi mumkin.

Chegara bojxona postlarining ish vaqtiga qarab, shaxslar O’zbekiston Respublikasi hududidan kunning faqat yorug’ vaqtida yoki sutka davomida chiqib ketishlari mumkin. Chegara bojxona postlarining ish vaqti O’zbekiston Respublikasining qo’shni davlatlar bilan imzolangan o’tkazish punktlari to’g’risidagi bitimlariga asosan belgilanadi. Chegara bojxona postlari dam olish va bayram kunlari ham belgilangan tartibda faoliyat olib boradi.

Bojxona idoralariga taqdim etiladigan hujjatlar

Bojxona chegarasi orqali harakatlanayotgan shaxs tomonidan bojxona xodimiga quyidagi xujjatlar taqdim etiladi:

- fuqarolik pasporti (fuqaroligi bo’lmagan shaxslar uchun tegishli guvohnoma);

- belgilangan tartibda to’ldirilgan yo’lovchi bojxona deklaratsiyasi.

Yo’lovchi bojxona deklaratsiyasi – jismoniy shaxslar tomonidan O’zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o’tiladigan O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi, chet el valyutasi, valyuta boyliklari hamda ishlab chiqarish yoki boshqa tijorat faoliyati uchun mo’ljallanmagan tovarlar, transport vositalari va boshqa predmetlarni bojxona nazorati hamda rasmiylashtiruvidan o’tkazish maqsadida bojxona organlariga taqdim etiladigan hujjat.

Bojxona rasmiylashtiruvi

Shaxsning qo’l yuklarini rasmiylashtiruvchi bojxona posti xodimi tomonidan yo’lovchi bojxona deklaratsiyasidagi ma’lumotlar hamda bojxona nazoratini amalga oshirish natijalari tekshirilib, shaxsiy muhr va imzo qo’ygan holda rasmiylashtiriladi.

Rasmiylashtirilgan yo’lovchi bojxona deklaratsiyasi “Yo’lovchi bojxona deklaratsiyasi” AAT dasturiga kiritiladi.

Shaxslar tomonidan O’zbekiston Respublikasidan olib chiqilayotgan tovar-moddiy boyliklari qiymati 3000 (uch ming) AQSH dollari ekvivalentidan ortiq bo’lganda faqatgina bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan holda olib chiqilishi mumkin.

Tarif boshqaruv

O’zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketayotgan shaxslar tomonidan olib chiqilayotgan tovar-moddiy boyliklariga nisbatan eksport bojxona bojlari qo’llanilmaydi.

Notarif boshqaruv

O’zbekiston Respublikasi hududidan shaxslar tomonidan olib chiqilayotgan tovar moddiy boyliklar chegara bojxona posti orqali olib o’tilganda davlat xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, shuningdek O’zbekiston Respublikasining boshqa manfaatlaridan kelib chiqqan holda O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari hamda xalqaro shartnomalariga muvofiq ayrim tovarlarni respublika hududidan olib chiqilishi cheklanishi yoki taqiqlanishi mumkin.

Shuningdek, shaxslar respublika hududidan chiqib ketayotganda olib chiqilishi uchun vakolatli organlarning ruxsatnomalari talab etiladigan tovarlarga (madaniy boyliklar, va boshqalar) tegishli ruxsatnomalar (litsenziyalar) mavjudligi nazorati olib boriladi.

Quyidagi tovarlarni O’zbekiston Respublikasi xududidan olib chiqish taqiqlanadi:

- don (bug’doy, suli, arpa, guruch, makkajo’xori grechixa kabilar) mahsulotlari (TIF TN kodi-10‎)

- non mahsulotlari (undan tayyorlangan konditer mahsulotlari, pirojniylar, o’zi ishlab chiqargan pechenyelardan tashqari); (TIF TN kodi-1905‎‎)

- un va yormalar (TIF TN kodi - 110100-1106‎‎‎);

- hayvonlar va qushlar (TIF TN kodi - 0101-0105, 01061910000, 01063910000‎‎);

- go’sht va go’sht mahsulotlari (TIF TN kodi - 0201-0210 (020753000 tashqari)‎);

- shakar (TIF TN kodi - 1701-1702‎‎);

- ilmiy, tarixiy, madaniy badiiy ahamiyatga ega bo’lgan tarixiy buyumlar (kartinalar, skulptura va boshqalar) (TIF TN kodi - 97-gruppa)‎;

- o’simlik yog’lari (TIF TN kodi - 1507, 1512 (1512111000, 1512211000 texniklaridan tashqari), 1516‎‎);

- teri xom ashyosi (nostandart terilar ham), qorako’l va teri-mo’yna xom ashyosi (nostandartlari ham) (TIF TN kodi-4101 — 4103, 4301-4302‎‎);

- rangli metall parchalari va chiqindilari (TIF TN kodi - 740400, 760200, 7802000000, 7902000000, 8002000000, 8101970000, 8102970000, 8103300000, 8104200000, 8105300000, 8106001000, 8107300000, 8108300000, 8109300000, 8110200000, 8111001900, 8112130000, 8112220000, 8112922001, 8112922009‎‎);

- pilla, xom ipak, pilla va ipak chiqindilari (TIF TN kodi -5001000000‎, 5002000000‎, 5003000000‎);

- polietilentereftalat (PET) chiqitlari, qiyqindilari va skrap (qirindi)lari (TIF TN kodi - 390760‎).

Quyidagi tovarlarni olib chiqishda vakolatli organlarning tegishli ruxsatnomalari (litsenziyalar) talab etiladi:

- giyohvandlik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib chiqilayotganda Giyohvandlik vositalari ustidan nazorat qilish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi davlat komissiyasining tegishli ruxsatnomasi va O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan beriladigan sertifikatlar;

- ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular mavjud bo’lgan mahsulotlarni O’zbekiston Respublikasidan olib chiqishda Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar;

- madaniy boyliklarni olib chiqish uchun O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan beriladigan sertifikat;

- o’qotar qurol va patronlarni O’zbekiston Respublikasidan olib chiqish huquqini beruvchi Prezident Xavfsizligi Xizmati tomonidan berilgan ruxsatnomalar;

- yovvoyi o’simliklar, ularning qismlari, mevalari, urug’lari va botanika kolleksiyalari, yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, zoologiya kolleksiyalari, hayot faoliyati mahsulotlari, o’ljalar, tulumlari O’zbekiston Respublikasidan olib chiqilayotganda Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar;

- ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni O’zbekiston Respublikasiga olib chiqilayotganda unga berilgan ekologik sertifikat.

Shu bilan birga, chegara bojxona posti orqali olib o’tilayotgan ayrim tovarlarga nisbatan halqaro bitimlar, amaldagi qonunchilik asosida boshqa cheklov yoki taqiqlar qo’llanishi mumkin.

Bojxona nazorati

O’zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali harakatlanayotgan shaxs va uning qo’l yuklari bojxona nazoratidan o’tkazilishi lozim.

Shaxs va uning qo’l yuklarini bojxona nazoratidan o’tkazishda bojxona xodimi quyidagi bojxona nazorati shakllarining barchasidan yoki bir nechtasidan foydalanadi (bunda, tanlangan shakl bojxona qonunchiligi talablariga rioya etilishini ta’minlash uchun yetarli bo’lishi lozim):

- bojxona maqsadlari uchun zarur bo’lgan hujjatlar va ma’lumotlarni tekshirish (yo’lovchi bojxona deklaratsiyasida ko’rsatilgan ma’lumotlarni tekshirish);

- og’zaki so’rab-surishtirish (shaxsning o’zi bilan birga yoki qo’l yuklari orasida olib chiqish taqiqlangan, chegaralangan tovarlar mavjud yoxud mavjud emasligini, deklaratsiyada ko’rsatilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini so’rab-surishtirish);

- bojxona ko’rigidan o’tkazish (O’zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi taqiqlangan va chegaralangan tovarlarning mavjudligini aniqlash maqsadida shaxs va uning qo’l yuklarini bevosita va/yoki xizmat itlari hamda bojxona nazoratining texnik vositalaridan foydalangan holda ko’rikdan o’tkazish);

- shaxsni ko’zdan kechirish (O’zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi taqiqlangan va deklaratsiyada ko’rsatilmagan tovarlarning mavjudligini aniqlash maqsadida bevosita shaxsni ko’zdan kechirish);

- hisobga olish (“Yo’lovchi bojxona deklaratsiyalar” AAT dasturiga shaxs to’g’risidagi ma’lumotlarni kiritish orqali hisobga olish).

Shuningdek, bojxona xodimi bojxona ko’rigini amalga oshirishda bojxona nazoratining texnik vositalaridan (rentgen, metallodetektor va boshqalar) foydalaniladi.

Valyuta nazorati

Naqd xorijiy valyuta bo’yicha O’zbekiston Respublikasi hududiga naqd xorijiy valyutani erkin olib chiqib ketish jismoniy shaxsga ekvivalenti 5 000 (besh ming) AQSH dollariga teng yoki undan oshmaydigan miqdorda bojxona nazorati qoidalariga rioya qilgan holda ruxsat etiladi. 
Belgilangan summadan ortiqcha mablag’ni olib chiqib ketish:
rezident hisoblangan jismoniy shaxs tomonidan - O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining olib chiqib ketiladigan naqd xorijiy valyutaning jami summasi ko’rsatilgan ruxsatnomasi asosida;
norezident hisoblangan jismoniy shaxs tomonidan - O’zbekiston Respublikasiga kirish chog’ida to’ldirilgan yo’lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida amalga oshiriladi, ushbu deklaratsiyada naqd xorijiy valyuta summasi olib chiqib ketilayotgan naqd xorijiy valyuta summasidan kam bo’lmagan miqdorda ko’rsatilgan bo’lishi lozim.
norezident hisoblangan jismoniy shaxs - respublikada belgilangan tartibda tashkil qilingan musobaqalar, tanlov va olimpiadalarning sovrindori yoki qatnashchi tomonidan belgilangan summadan ortiqcha naqd xorijiy valyuta olib chiqib ketilayotganda naqd xorijiy valyuta olinganligining qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat u tomonidan ushbu naqd xorijiy valyutani olib chiqib ketish uchun asos bo’ladi.
rezidentlar - O’zbekiston Respublikasi fuqarolari; O’zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo’lgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar
norezidentlar - rezident tushunchasiga javob bermaydigan shaxslar
Bunda jismoniy shaxs tomonidan olib chiqib ketilayotgan 2000 (ikki ming) AQSH dollari ekvivalentidan ortiqcha miqdordagi naqd xorijiy valyuta unga deklaratsiya to’ldirish va bojxona organi xodimiga taqdim etish yo’li bilan bojxona nazoratidan o’tkaziladi.
Yo’lovchi bojxona deklaratsiyasida olib chiqib ketilayotgan naqd xorijiy valyutaning jami summasi ko’rsatiladi.
O’zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqib ketilayotgan naqd xorijiy valyuta yo’lovchi bojxona deklaratsiyasining 5-bandida ko’rsatiladi.
Jismoniy shaxsning hoxishiga ko’ra:
– ekvivalenti 2 000 (ikki ming) AKSH dollariga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd xorijiy valyuta deklaratsiyalanishi mumkin;
– naqd xorijiy valyuta TS-21 kvitansiyasi bo’yicha saqlash uchun bojxona organiga topshirilishi mumkin. TS-21 kvitansiyasi birinchi nusxasi jismoniy shaxsga topshiriladi.
Naqd milliy valyuta “so’m” bo’yicha
Jismoniy shaxslar tomonidan naqd milliy valyuta “so’m”ni O’zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqib ketish O’zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining 
50 baravaridan oshmaydigan summada ruxsat etiladi. 
Bunda eng kam ish haqining 5 baravaridan ortiq miqdordagi naqd milliy valyuta unga deklaratsiya to’ldirish va bojxona organi xodimiga taqdim etish yo’li bilan bojxona nazoratidan o’tkaziladi.
Jismoniy shaxslar tomonidan O’zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining 50 baravaridan ortiqcha naqd milliy valyutani O’zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsati bilan yo’l qo’yiladi.
Jismoniy shaxslar tomonidan O’zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi belgilangan me’yordan ortiqcha olib kirilganda TS-21 kvitansiyasi to’ldiriladi.
Bojxona nazorati paytida aniqlangan qalbaki naqd valyutalar o’tkazilmaydi, ushlab qolinadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Jismoniy shaxs O’zbekiston Respublikasining bojxona chegarasini kesib o’tayotganda naqd xorijiy va milliy valyutalarni ishonchli va to’g’ri deklaratsiyalanishi uchun javobgardir. 
Jismoniy shaxs bojxona organlarining mansabdor shaxslari xatti-harakatlari ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Yo’lovchi bojxona deklaratsiyasini Siz saytimizning bosh sahifasidan ko’chirib olishingiz mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 2018 yil 6 fevral kuni “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o’tishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-3512 sonli qaroriga ko’ra, jismoniy shaxslar 3 000 AQSH dollarigacha qiymatdagi tovarlarni bojxona deklaratsiyasi taqdim etmasdan olib chiqishlari mumkinligi belgilandi.

Ammo, ayrim turdagi tovarlar uchun olib chiqishning quyidagi me’yorlari tasdiqlandi:

guruch – 3 kg.gacha, non mahsulotlari – 5 kg.gacha, go’sht va go’sht mahsulotlari – 2 kg.gacha, shakar – 2 kg.gacha, o’simlik yog’i – 2 kg.gacha, shuningdek yangi meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalar – 40 kg.gacha.

13.02.2018

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing