Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatiga doir ma’lumotlarni olish bo‘yicha so‘rovlarni ko‘rib chiqish Reglamenti
384

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2014-yil 30-avgustdagi 258-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatiga doir ma’lumotlarni olish bo‘yicha so‘rovlarni ko‘rib chiqish

R E G L A M E N T I

(Ko‘chirma)

Ushbu Reglament O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida” va “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida” Qonunlariga hamda DBQning 2014-yil 3-iyuldagi 197-son buyrug‘iga muvofiq, davlat bojxona xizmati organlari faoliyatiga doir ma’lumotlarni olish bo‘yicha so‘rovlarni (bundan buyon matnda so‘rov deb yuritiladi) ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Reglament:

jismoniy shaxslarning shaxsiga doir ma’lumotlardan foydalanishni ta’minlash tartibiga;

bojxona organlari tomonidan ariza, taklif va shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibiga;

bojxona organlari o‘z vakolatlarini amalga oshirishi munosabati bilan ular tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlariga o‘z faoliyati to‘g‘risida axborot taqdim etish tartibiga;

taqdim etilishining o‘ziga xos xususiyatlari boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, bojxona organlarining faoliyatiga taalluqli bo‘lgan axborotning ayrim turlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

axborotdan foydalanuvchi - davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot izlashni amalga oshirayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs;

so‘rov - bojxona organlari faoliyati to‘g‘risida axborot taqdim etish haqida ushbu organlarga va (yoki) ularning mansabdor shaxslariga yo‘llanadigan og‘zaki yoki yozma shakldagi (shu jumladan elektron hujjat shaklidagi) talab;

axborot xizmatlari - DBQ Ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” IBK Ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar guruhlari;

kotibiyat - DBQ Ishlar boshqarmasining Hisobga olish va nazorat bo‘limi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” IBK, OHBI va MKMning Tashkiliy-inspektorlik bo‘limlari (bo‘linmalari, guruhlari).

3. Axborotdan foydalanuvchilar O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasida nazarda tutilgan axborotni olish uchun bevosita yoki o‘z vakillari orqali so‘rov bilan murojaat etishlari mumkin.

4. Axborotdan foydalanuvchilarning so‘rovi asosida ma’lumotlar bojxona organlari tomonidan ushbu Reglamentga muvofiq, og‘zaki yoki yozma (shu jumladan elektron hujjat shaklida) taqdim etiladi.

Ma’lumotlarni axborot-kutubxona va arxiv fondlari orqali taqdim etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

5. Bojxona organlarida so‘rovlarni qabul qilish tartibi haqidagi ma’lumot ularning rasmiy veb-saytiga hamda axborotdan foydalanuvchilar kirishlari mumkin bo‘lgan binolarga joylashtiriladi.

II. So‘rovga qo‘yiladigan talablar

6. Jismoniy shaxsning so‘rovida uning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan va so‘rovning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi kerak.

Yuridik shaxsning so‘rovida yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan manzili (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan hamda so‘rovning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi kerak.

7. Yozma so‘rovlar axborotdan foydalanuvchining shaxsiy imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. So‘rovni shaxsiy imzo bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, u qo‘shimcha ravishda tuzuvchining ham familiyasi, ismi, otasining ismi qo‘yilgan holda, uning imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

Axborotdan foydalanuvchini identifikatsiyalash imkoniyatini beradigan ma’lumotlar ko‘rsatilmagan so‘rov anonim hisoblanadi

va ko‘rib chiqilmaydi.

8. Og‘zaki so‘rov kiritayotgan jismoniy shaxs ushbu Reglamentning 6-bandi birinchi xatboshisida qayd etilgan ma’lumotlarni, shuningdek

o‘z telefon raqamini ma’lum qilishi kerak.

Yuridik shaxs nomidan og‘zaki so‘rov kiritayotgan mansabdor shaxs ushbu Reglamentning 6-bandi ikkinchi xatboshisida qayd etilgan ma’lumotlarni, shuningdek lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi va ish telefon raqamini ma’lum qilishi kerak.

Ushbu bandda qayd etilgan ma’lumotlar to‘liq bayon etilmagan hollarda, og‘zaki so‘rovlarni ko‘rib chiqish rad etilishi mumkin.

9. Elektron hujjat shaklidagi so‘rovlar (bundan buyon matnda elektron so‘rov deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq tayyorlangan va majburiy rekvizitlarga ega bo‘lgan taqdirda ko‘rib chiqiladi.

10. Belgilangan tartibda kiritilgan so‘rov ko‘rib chiqilishi shart.

III. Yozma va elektron so‘rovlarni qabul qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish

11. Bojxona organlariga kiritilgan yozma va elektron so‘rovlar kotibiyat tomonidan qabul qilinadi va ro‘yxatga olinadi.

IV. Og‘zaki so‘rovni qabul qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish

16. Bojxona organlarida og‘zaki so‘rovlar axborot xizmatlari tomonidan qabul qilinadi.

Axborot xizmati xodimi so‘rov kiritayotgan jismoniy yoki yuridik shaxsdan ushbu Reglamentning 8-bandida qayd etilgan ma’lumotlarni to‘liq olishi shart.

23. OHBI va MKMda ushbu Reglamentda axborot xizmatlariga yuklatilgan vazifalar institut boshlig‘i va markaz direktori tomonidan belgilanadigan tarkibiy tuzilmalar tomonidan amalga oshiriladi.

V. So‘rovni ko‘rib chiqish muddatlari va tartibi

24. Axborotdan foydalanuvchining so‘rovi bojxona organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan e’tiboran ko‘pi bilan o‘n besh kunlik muddatda ko‘rib chiqiladi.

Ommaviy axborot vositasining axborot olishga doir, shuningdek bojxona organlari mansabdor shaxslarining intervyusini tashkil etish to‘g‘risidagi so‘rovi ko‘pi bilan yetti kunlik muddatda ko‘rib chiqiladi.

25. Agar axborotdan foydalanuvchining so‘rovini ko‘rib chiqish bojxona organlarining vakolatlariga kirmasa, so‘rov so‘ralayotgan axborotni taqdim etish vakolatiga kiritilgan organga ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida yuboriladi, axborotdan foydalanuvchi esa, bu haqda xabardor qilinadi.

Agar bojxona organlari olingan so‘rov bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari vakolati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lmasa, axborotdan foydalanuvchiga so‘rov ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida tegishli javob yuboradilar.

26. Rasmiy nashrlarda, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan (chop etilgan) yoxud rasmiy veb-saytlarda joylashtirilgan axborot so‘ralganda, bojxona organlari so‘rovga beriladigan javobda so‘ralayotgan axborot e’lon qilingan rasmiy nashrning, ommaviy axborot vositasining nomi, chop etilish sanasi hamda raqamini va (yoki) so‘ralayotgan axborot joylashtirilgan rasmiy veb-saytning elektron manzili ko‘rsatilgan holda, havola berilishi mumkin.

27. So‘rov rad etilgan taqdirda, belgilangan muddatda axborotdan foydalanuvchiga asoslantirilgan javob yuboriladi.

VI. Yakuniy qoidalar

30. Ushbu Reglament talablarini buzgan xodimlar amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.

13.02.2018

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing