Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
“Ruxsatnoma hujjatlari” axborot tizimi
539

Siz ushbu interaktiv xizmatdan foydalanishingiz uchun elektron raqamli imzoga ega bo’lishingiz lozim. Agar Sizda elektron raqamli imzo bo’lsa, unda ushbu havolaga o’ting!

“RUXSATNOMA HUJJATLARI” AXBOROT TIZIMI

Mazkur tizimga Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Sog’likni saqlash vazirligi, Tabiatni muxofaza qilish davlat qo’mitasi, “Uzstandart” agentligi, “O’zbekekspertiza” AJ kabi vazirlik va idoralar sertifikat hamda ruxsatnomalarga doir ma’lumotlarni kiritishlari, sertifikatlar va ruxsatnomalarga doir ma’lumotlarini qidirishlari va ko’rishli, tasdiqlangan sertifikat va ruxsatnomalar ma’lumotlari bo’yicha hisobotlar olishlari mumkin.

Har bir vazirlik va idoralar xodimlari uchun tizimda 2 hil turdagi rol ishlab chiqilgan. Bular: Rahbar va Xodim.

Xodim rolidagi foydalanuvchi tomonidan tizimga sertifikat va ruxsatnomalar ma’lumotlari kiritiladi va o’zgartiriladi.

Rahbar rolidagi foydalanuvchi tomonidan xodim kiritilgan sertifikat va ruxsatnomalar ma’lumotlari tekshiriladi va tasdiqlanadi.

Tizimga kiritilgan sertifikat va ruxsatnomalar ma’lumotlari quyidagi maqomlarda bo’ladi:

- Yangi;

- Tahrir;

- Tasdiqlangan;

- Bekor qilingan.

Tizimdan foydalanish tartibi

Har bir foydalanuvchi o’ziga biriktirilgan elektron raqamli imzoga asoslangan USB-kalit orqali tizimga kiradi. Tizimda i-Key1000 hamda e-Kalit rusumli USB kalit ishlatiladi.

Tizim foydalanuvchilarini dastlabki ro’yxatga olish va keyingi o’zgartirishlarni amalga oshirish vazirlik va idoralardan Davlat bojxona qo’mitasi va uning xududiy bojxona boshqarmalariga kelib tushgan murojaatlar asosida tizim administratori tomonidan amalga oshiriladi.

Tizimga kirish

Tizimdan foydalanish Internet Explorer (6.0 versiyasidan yuqori) internet brouzeri yordamida amalga oshiriladi. Tizimga kirish uchun Internet Explorer dasturining adres qatoriga http://10.0.9.114:9080/bjeks/ terilib kiriladi.

“O’zstandart” agentligi va undan akkredatsiyadan o’tgan tashkilotlar, Vetenariya bosh boshqarmasi hamda O’simliklar karantini bosh inspeksiya tashkilotlaridagi foydalanuvchilar tizimda Internet tarmog’i orqali ishlash imkoniyati yaratilgan.

Siz ushbu interaktiv xizmatdan foydalanishingiz uchun elektron raqamli imzoga ega bo’lishingiz lozim. Agar Sizda elektron raqamli imzo bo’lsa, unda ushbu havolaga o’ting!

“RUXSATNOMA HUJJATLARI” AXBOROT TIZIMI

13.02.2018

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing