Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash tartiboti
181

Bojxona ombori – maxsus jihozlangan va belgilangan joy bo’lib, binolarning hududini va (yoki) ochiq maydonchalarni o’z ichiga oladi hamda tovarlarni vaqtincha saqlash va (yoki) bojxona ombori rejimlarida bojxona nazorati ostida saqlashga mo’ljallangan. 
Bojxona ombori ochiq yoki yopiq turda bo’lishi mumkin. 
Ochiq turdagi bojxona ombori — har qanday shaxslar foydalanishi mumkin bo’lgan bojxona ombori. 
Yopiq turdagi bojxona ombori — muayyan shaxslarning, qoidaga ko’ra, ombor egasining tovarlarini saqlashga yoki muayyan tovarlarni, shu jumladan aylanishi cheklangan tovarlarni saqlash uchun mo’ljallangan bojxona ombori. Bunday shaxslar va tovarlar bojxona omborini ta’sis etishda bojxona organi bilan kelishuv bo’yicha bojxona ombori egasi tomonidan belgilanishi mumkin. 
Bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi nomidan faoliyat ko’rsatish mintaqasida bojxona ombori ta’sis etiladigan uning hududiy boshqarmasi tomonidan (keyingi o’rinlarda “litsenziyalovchi organ” deb yuritiladi) amalga oshiriladi. 
Bojxona ombori faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya (keyingi o’rinlarda “litsenziya” deb yuritiladi) bojxona omborining egasi, hududi va binolari qonunchilikda belgilangan talablar va shartlarga muvofiq bo’lishi sharti bilan egaligida ombor hududi, shuningdek bojxona ombori sifatida foydalanish mo’ljallanayotgan ombor va yordamchi binolar bo’lgan O’zbekiston Respublikasining yuridik shaxsiga besh yilga beriladi. 
Bojxona ombori hududi bojxona nazorati zonasi hisoblanadi. 
Bojxona ombori hududiga qonunchilikda belgilangan tartibda qo’riqlanadigan va belgilangan tovarlarni bojxona nazorati ostida yetkazib berishni tugallash uchun zarur bo’lgan vaqtda tovarlarni tashiyotgan transport vositalari to’xtab turishi uchun jihozlangan hudud tutashib ketishi kerak; 
Bojxona omborlari imkoni boricha transport uzellari va transport magistrallarining yaqinida joylashtirilishi kerak; 
Bojxona ombori sifatida foydalanish mo’ljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar saqlanayotgan tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojxona nazorati amalga oshirilishi, ularning saqlanishi ta’minlanadigan tarzda joylashtirilishi, jihozlanishi va asbob-uskunalar bilan ta’minlanishi kerak hamda quyidagilarni istisno etishi lozim: 
bojxona ombori hududiga va tovarlarga begona shaxslarning (ombor xodimlari bo’lmagan, tovarlarga nisbatan vakolatlarga ega bo’lmagan shaxslarning) yaqinlashishi; 
tovarlarning bojxona nazoratidan tashqariga tushirilishi va olib qo’yilishi. 
Bojxona ombori binosi eshigi ikkita qulf bilan qulflanishi, ulardan biri bojxona organi ixtiyorida bo’lishi kerak. 
Agar binoning yoki inshootning bir qismi bojxona ombori hisoblansa, unga borish yo’llaridagi asbob-uskunalar va jihozlar hamda tutashib ketadigan tushirish maydonchalari bojxona nazorati ostidagi tovarlarga begona shaxslarning yaqinlashishini istisno etishi kerak. 
Bojxona ombori binolari: 
yer ustidagi imoratlarda yoki inshootlarda joylashtirilishi; 
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan texnik, sanitariya, yong’inga qarshi va boshqa talablarga javob berishi; 
qo’riqlash va yong’in nazorati signalizatsiyalari bilan jihozlangan bo’lishi; 
yong’inni o’chirishning yong’in xavfsizligining tegishli talablariga muvofiq bo’lgan tizimi va vositalariga ega bo’lishi kerak. 
Bojxona ombori hududi va binosi: 
vaqtincha saqlashning bojxona rejimi ostida joylashtirilgan tovarlarni; 
bojxona omborining bojxona rejimi ostida joylashtirilgan tovarlarni; 
ularga nisbatan vaqtincha saqlash va bojxona omborining bojxona rejimi tugallangan va bojxona omboridan olib chiqish mo’ljallangan tovarlarni; 
eksportning bojxona rejimiga muvofiq olib chiqish mo’ljallangan tovarlarni saqlash uchun maxsus ajratilgan, to’sib qo’yilgan va tegishli ravishda belgilangan maydonlarga (zonalarga) ega bo’lishi kerak. 
Zonalar tovarni bir zonadan boshqa zonaga o’tkazishga to’sqinlik qiluvchi yaxlit yoki to’rsimon to’siqlar bilan ajratilishi, bunday zonalarga kirish esa (eshiklar, darvoza) mustaqil (alohida) bo’lishi mumkin. 
Bojxona omboriga bevosita tutashib ketgan va bojxona nazorati zonasi hisoblangan hudud quyidagi talablarga muvofiq bo’lishi kerak: 
bojxona omboriga tutashib ketgan butun hudud perimetri bo’yicha maxsus belgilangan (to’silgan); 
ichkarisida bojxona omborining bir qismi hisoblanmagan o’zga imoratlar va inshootlarga ega bo’lmasligi; 
ko’p yuk ko’taradigan transportning manyovr qilishi imkoniyatini ta’minlashi; 
eshik o’rni tomonidan bojxona ombori imoratiga bevosita tutashib ketgan bo’lishi; 
o’zbek, rus va ingliz tillarida “bojxona nazorati zonasi” degan belgi qo’yilgan bo’lishi kerak. 
Bojxona ombori va bojxona nazorati zonasi hisoblangan, bojxona omboriga bevosita tutashib ketgan hudud: 
umumiy perimetr bo’yicha bir-biridan ajratilmagan; 
yaxlit to’siqlar bilan aylantirib to’silgan va barcha chiqish (kirish) va/yoki chiqish (kirish)ning joylarida o’zbek, rus va ingliz tillarida “bojxona ombori” belgisi qo’yilgan holda nazorat-o’tkazish punktlariga ega bo’lishi kerak. 
Bojxona ombori doimiy ravishda soz, ishlash holatida va uning normal faoliyat ko’rsatish uchun yetarlicha bo’lgan va quyidagilarni o’z ichiga oluvchi jihozlarga: 
ortish-tushirish va transport vositalariga; 
ombor asbob-uskunalariga; 
aniqligi va o’lchash chegaralari bojxona omborida saqlash mo’ljallanayotgan tovarlarning xususiyatiga muvofiq bo’lgan tovarlarning og’irligini tortish vositalariga; 
aloqa vositalariga (shu jumladan telefon, faks); 
tashkiliy texnikaga; 
mebelga; 
agar bu uning normal faoliyat ko’rsatishi uchun zarur bo’lsa, asbob-uskunalarning boshqa turlariga ega bo’lishi kerak. 

Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami ko’rsatilgan litsenziya berish to’g’risidagi ariza; 
talabgorning yuridik shaxs sifatida davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomaning nusxasi; 
bojxona omborining turi to’g’risidagi ma’lumotlar (yopiq turdagi ombor uchun shuningdek bunday turdagi ombor tanlanishining zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslanishi kerak); 
ariza beruvchining egaligida bo’lgan va bojxona ombori sifatida foydalanish uchun mo’ljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar, ular joylashgan joy, ularning jihozlanishi, asbob-uskunalar bilan ta’minlanishi va moddiy-texnik jihozlanishi to’g’risidagi ma’lumotlar; 
avtomobil va temir yo’llar ko’rsatilgan holda bojxona ombori uchun mo’ljallangan hudud va binolarning tarhi va chizmasi; 
talabgorning bojxona omboriga kirishga ruxsat berilgan xodimlaridan bo’lgan shaxslarning ro’yxati (familiyasi, ismi va otasining ismi hamda lavozimi ko’rsatilgan holda); 
davlat yong’in nazorati organlarining bojxona ombori hududi va binolarining yong’in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to’g’risidagi xulosasi; 
davlat sanitariya nazorati organlarining bojxona ombori hududi va binolarining ariza berilgan tovarlarni, shu jumladan oziq-ovqat tovarlarini — litsenziat bunday tovarlarni saqlash niyatida bo’lsa — saqlash uchun zarur shart-sharoitlarga muvofiqligi to’g’risidagi xulosasi; 
bojxona omborida saqlash mo’ljallanayotgan tovarlar ro’yxati; 
O’zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 338-moddasiga muvofiq bojxona to’lovlari to’lash ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjat; 
Bojxona ombori sifatida foydalanish mo’ljallangan har bir hududiy alohida binoga va (yoki) har bir hududiy alohida ochiq maydonchaga alohida ariza taqdim etiladi. 
Hujjatlar litsenziyalovchi organga litsenziya talabgori tomonidan bevosita yoxud ularning olinganligi to’g’risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi. 
Hujjatlar litsenziyalovchi organning mas’ul shaxsi tomonidan ro’yxat bo’yicha qabul qilinadi, ro’yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to’g’risida belgi qo’yilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi). 
Ishonchli bo’lmagan yoki buzilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi. 

Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to’g’risidagi qaror barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab o’ttiz kundan ortiq bo’lmagan muddatda qabul qilinadi. 
Litsenziyalovchi organ besh kun muddatda ekspert komissiyasi xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qiladi. 
Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to’g’risida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi. 
Litsenziya berishga qaror qilinganligi to’g’risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari va davlat boji to’lash muddati ko’rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). 

Litsenziyalar litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to’langanini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan keyin uch kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi.

13.02.2018

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing