Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Bojxona rejimlari
159

O’zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 25-moddasiga asosan tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o’tish maqsadlariga bog’liq holda ularning bojxona rasmiylashtiruvi bojxona rejimlarining quyidagi turlariga muvofiq amalga oshiriladi:

Eksport

Reeksport

Vaqtincha olib chiqish

Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash

Erkin muomalaga chiqarish (import)

Reimport

Vaqtincha olib kirish

Bojxona hududida qayta ishlash

Vaqtincha saqlash

Bojxona ombori

Erkin ombor

Erkin bojxona zonasi

Boj olinmaydigan savdo

Bojxona tranziti

Yo’q qilish

Davlat foydasiga voz kechish

(Bojxona rejimlari haqida batafsil tanishish uchun sarlavhani bosing)

Bojxona kodeksining 26-moddasi bilan bojxona rejimini tanlash va o’zgartirish tartibi belgilangan.

Tovarlarning bojxona chegarasi orqali olib o’tilishi vakolatli shaxslarning tovarlarni bojxona rejimlaridan biriga joylashtirish va mazkur bojxona rejimi talablari hamda shartlariga rioya etish majburiyatini keltirib chiqaradi.

Vakolatli shaxs tovarlarning va transport vositalarining xususiyati, miqdori, ishlab chiqarilgan mamlakati yoki qaysi maqsadga mo’ljallanganligidan qat’i nazar, istalgan bojxona rejimini tanlashga yoki uni boshqa bojxona rejimiga o’zgartirishga haqli.

Tanlangan bojxona rejimi bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun bojxona organiga taqdim etiladigan bojxona deklaratsiyasida deklarant tomonidan ma’lum qilinadi.

13.02.2018

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing