Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Jismoniy shaxslar tomonidan avtotransport vositalarni olib kirish tartibi
114

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-apreldagi 106-son qaroriga asosan O’zbekiston Respublikasining jismoniy shaxslari tomonidan avtotransport vositalarni vaqtinchalik chetdan olib kirish mumkin emas, xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirish bundan mustasno.

O’zbekiston Respublikasining jismoniy shaxslari (keyingi o’rinlarda jismoniy shaxslar deb yuritiladi) tomonidan foydalanish uchun chetdan avtotransport vositalari O’zbekiston Respublikasiga olib kelingan taqdirda, ushbu avtotransport vositalari belgilangan tartibda “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilishi lozim.

Jismoniy shaxslar tomonidan olib kelingan avtotransport vositalarning bojxona rasmiylashtiruvi faoliyat hududida joylashgan TIF bojxona postida amalga oshiriladi.

Avtotransport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvida davlat bojxona xizmati organlariga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-iyuldagi “Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etiladigan hujjatlar ro’yxatini tasdiqlash to’g’risida”gi 197-sonli qaroriga asosan hujjatlar taqdim etiladi.

Avtotransport vositasi “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgandan so’ng uning egasiga TIF bojxona posti tomonidan “Avtotransport vositasini olib kirish guvohnomasi” (keyingi o’rinlarda “guvohnoma” deb yuritiladi) rasmiylashtirib beriladi.

Avtotransport vositasini O’zbekiston Respublikasi hududiga “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirgan shaxslar bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan kundan so’ng 10 kun muddat ichida avtotransport vositasini Davlat yo’l harakati xavfsizligi xizmatining hududiy organlarida ro’yxatdan o’tkazishlari shart.

Ro’yxatdan o’tkazishda, avtotransport vositasining turi, rusumi, markasi davlat bojxona xizmatining hududiy organi tomonidan berilgan guvohnomada qanday bayon etilgan bo’lsa, aynan shu nom bilan qayd etilishi lozim.

Jismoniy shaxslar tomonidan tovar sifatida olib kirilayotgan avtotransport vositalarini DYHXXning hududiy organlarida ro’yxatdan o’tkazish uchun asos guvohnoma hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qaroriga asosan yangi import avtomobillari bilan chakana savdo faqat yuridik shaxslar - ishlab chiqaruvchi korxonalarning rasmiy dilerlari tomonidan amalga oshiriladi.

Avtotransport vositasini vaqtincha olib kiruvchi chet ellik jismoniy shaxslar diqqatiga!

O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirda Bojxona kodeksi 159-moddasiga muvofiq chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda vaqtincha olib kirilgan transport vositasining bojxona hududida turishining umumiy muddati kalendar yil mobaynida jami to’qson kalendar kundan oshmasligi lozim.

Bunda transport vositasini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan yig’imni to’lagan holda yuqorida ko’rsatilgan muddatdan ortiqroq muddatga vaqtincha olib kirishga yo’l qo’yiladi.

Yig’im undirilguniga qadar transport vositasi bojxona organlari tomonidan belgilanadigan joylarda vaqtincha saqlanishi lozim.

Mazkur yig’im quyidagi hollarda to’lanmaydi:

bojxona organlari tomonidan belgilanadigan joylarda vaqtincha saqlash davri uchun;

agar vaqtincha olib kirilgan transport vositasi xatlangan, musodara qilingan, avariya yoki yengib bo’lmas kuch ta’siri oqibatida foydalanish uchun yaroqsiz holga kelib qolgan va bu vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan bo’lsa.

13.02.2018

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing