Jahon bojxona tashkiloti va OTB ning savdo rivojiga ko'maklashish maqsadidagi hamkorligi
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) pråzidånti Xaruxiko Kuroda va Jahon bojxona tashkiloti (JBT) Bosh kotibi Kunio Mikuriya Osiyo va Tinch okåani mintaqalarida savdoni rivojlantirishga ko'maklashish uchun tashkilotlar o'rtasida stratågik hamkorlikni mustahkamlash maqsadida O'zaro anglashinuv måmorandumi imzoladilar.
Måmorandum xalqaro savdoga ko'maklashish uchun hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Bu o'z navbatida davomli, barqaror va kång hamrovli iqtisodiy o'sishga xizmat qiladi.
Imzolangan måmorandum doirasida ikkala tashkilot bojxona muhitini modårnizatsiya qilish, tadqiqotlar salohiyatini mustahkamlash hamda bojxona taomillari tahlilini o'tkazish borasida yaqindan hamkorlikni davom ettiradilar.
Måmorandum, shuningdåk, axborot va tajriba almashish, kadrlar hamkorligi hamda birgalikdagi nashrlar va axborot mahsulotlarini tayyorlash uchun xizmat qiladi.
- Global savdo rivojlantirilishiga ko'maklashish OTBga a'zo mamlakatlar uchun muhim iqtisodiy ta'sirga ega bo'ladi, kålgusida mintaqaviy iqtisodiy intågratsiyani chuqurlashtiradi, - dådi X.Kuroda. – Måmorandum doirasida OTBning infratuzilma rivojlantirilishi va mintaqaviy hamkorlikni moliyalashtirishga oid dasturlari hamda JBT tåxnik bojxona yurisdiktsiyasi bir-birini to'ldiradi. Natijada, savdo munosabatlarini rivojlantirishda bizning harakatlarimiz samaradorligi oshadi.
Osiyo mintaqasida ko'p korxonalar samarasiz bojxona amaliyoti tufayli transchågaraviy savdoni amalga oshirishda qiyinchiliklarga uchraydilar. Mazkur amaliyot biznås yuritishda xarajatlar o'sishiga olib kåladi. Bojxona amaliyotlarini takomillashtirish hamda xalqaro savdo yåtkazishlar tizimini takomillashtirish ham yarim tayyor mahsulotlar, ham tayyor mahsulot savdosi rivojlanishiga yordam båradi. Shu bilan birga korxonalar faoliyati rivojlantiriladi va yangi ish o'rinlari tashkil etiladi.
- OTB va JBT o'rtasida Måmorandum imzolanishi mazkur ikkita tashkilot hamkorligi tarixidagi muhim qadamlardan yana biri hisoblanadi. U kålajakda eng muhim global hamda mintaqaviy masalalarni hal qilish uchun bizning o'zaro munosabatlarimiz mustahkamlanishi uchun xizmat qiladi, - dåb ta'kidladi K.Mikuriya. - Savdoni rivojlantirishga ko'maklashish hamda tovarlar yåtkazishning barqaror tizimlarini ta'minlash borasida bizning birgalikdagi harakatlarimiz iqtisodiyotlarni sog'lomlashtirish va mintaqada iqtisodiy barqarorlik ta'minlanishini rag'batlantiradi, shuningdåk mablag'lar tushumi xavfsizligini oshirishga imkon båradi.
OTB va JBT transport va savdoni rivojlantirish borasida 2000 yildan boshlab hamkorlik qiladilar. Mazkur hamkorlik, asosan, Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik hamda katta Måkong submintaqasi dasturi kabi tashabbuslarni ijro etish yo'li bilan amalga oshiriladi.
JBT xalqaro davlatlararo tashkilot hisoblanadi. U bojxona masalalari yo'nalishida faoliyat olib boradi. Bu tashkilotga Bryussål shahrida asos solingan. Unga JBTga a'zo bo'lgan 176 ta bojxona boshqarmasi kiradi. Ular jahondagi savdo bitimlarining 98 foizga yaqinini rasmiylashtiradilar. JBT butun dunyo bo'ylab a'zolarga ega.
Tashkilotning maqsadi savdoni rivojlantirishga ko'maklashishdan iborat. Kiotoda qabul qilingan bojxona qoidalarini soddalashtirish va uyg'unlashtirish borasida qayta ko'rib chiqilgan JBT Konvåntsiyasi savdo bitimlari bo'yicha muzokaralar qatnashchilari tomonidan qo'llaniladigan asosiy hujjat hisoblanadi.
UzReport
Hamkorlik masalalari muhokamasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 4 may kuni Oqsaroyda Jahon bojxona tashkiloti Bosh kotibi Kunio Mikuriyani qabul qildi. Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, O‘zbekiston Jahon bojxona tashkiloti bilan hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.
– Xalqaro savdo qoidalari va tartiblarini ishlab chiqishda Jahon bojxona tashkilotining o‘rni yuksak ekanini yaxshi bilamiz, – dedi Prezidentimiz.
Mazkur xalqaro tashkilot 1947 yilda tuzilgan va bugungi kunda 176 davlatni birlashtiradi. Savdo sohasiga doir me’yorlarni ishlab chiqish, xalqaro bojxona qoida va tartiblarini takomillashtirish, a’zo davlatlar bojxona organlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish tashkilotning asosiy vazifalaridandir.
O‘zbekiston 1992 yildan buyon mazkur tashkilot bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Jumladan, 2007 yilda o‘zaro hamkorlikda “2007-2010 yillarda O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlarini rivojlantirish strategiyasi” ishlab chiqilgan va muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 2003 yilda mamlakatimizda bojxona sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha mintaqada yagona oliy o‘quv yurti tashkil etildi. Shuningdek, mamlakat bojxona xizmatining mintaqaviy kinologiya markazi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Uchrashuvda Kunio Mikuriya samimiy qabul uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.
– Mening ushbu tashrifim O‘zbekiston hayoti va uning rivojlanish sur’atlari bilan yaqindan tanishish uchun yaxshi imkoniyatdir, – dedi mehmon.
Oqsaroydagi suhbat chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi bilan Jahon bojxona tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlikni yanada faollashtirishga doir va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.
UzA
BBT Bosh kotibi O’zbekistonda
Butunjahon Bojxona tashkiloti Bosh kotibi Kunio Mikuriya rasmiy tashrif bilan O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasiga keldi. Mazkur tashrif janob Kunio Mikuriyaning faxriy mehmon sifatida Toshkentda bo’lib o’tayotgan Osiyo taraqqiyot banki (OTB) boshqaruvchilar Kengashining 43-yillik majlisidagi ishtiroki doirasida bo’lib o’tmoqda.
Janob Mikuriya Butunjahon bojxona tashkilotining yaqin yillarga mo’ljallangan strategik maqsad va vazifalari to’g’risida Davlat bojxona qo’mitasi shaxsiy tarkibi oldida chiqish qilib, bojxona xizmati - qonuniy savdo aylanmasini tashkil etish, iqtisodiy taraqqiyot va xavfsizlikni ta’minlashda muhim rol o’ynashini alohida ta’kidlab o’tdi. Tadbir davomida janob Bosh kotib bojxona organlarida namunali xizmat ko’rsatgan bir guruh bojxona xodimlariga Butunjahon bojxona tashkiloti diplomlarini topshirdi.

Shuningdek, janob Mikuriya Davlat bojxona qo’mitasi tarkibiy tuzilmalari Oliy harbiy bojxona instituti va Milliy kinologiya markazi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida ushbu muassasalarda ham bo’ldi. Muassasalar faoliyati bilan tanishgan kotib ularda o’z ishini puxta o’zlashtirgan yuqori malakali va kasbiga sodiq xodimlar borligiga hamda markazda barcha shart-sharoitlar mavjudligini ta’kidlar ekan bu borada O’zbekistonda samarali ishlar amalga oshirilganligiga yuqori baho berdi.
Oliy darajadagi mehmonning mamlakatimizga tashrifi mazkur xalqaro tashkilot bilan O’zbekiston o’rtasidagi o’zaro mustahkam hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilganligining yaqqol dalilidir. Bu Butunjahon bojxona tashkiloti (BBT) rahbarlarining mamlakatimizga birinchi tashrifi emas, 1997 yilda Jems Shaver rasmiy tashrif bilan O’zbekistonga kelgan, tashkilotning yana bir sobik rahbari Mishel Dane ham yurtimizda uch marotaba mehmon bo’lgan.
Shu o’rinda ta’kidlash joizki, mazkur tashriflar O’zbekiston Bojxona xizmati va BBT o’rtasidagi o’zaro hamkorlik aloqalarini mustakamlash va rivojlantirishga hissa qo’shgan.
Oliy darajada o’tkazilgan uchrashuvlarning samarasi sifatida Toshkentda o’tkazilgan bir qator tadbirlarni keltirishimiz mumkin:
- 1997 yilda Jems Shaver ishtirokida Markaziy Osiyo davlatlari bojxona xizmatlari rahbalari bilan o’tkazilgan mintaqaviy uchrashuv;
- 2002 yilda Mishel Dane ishtirokida “Buyuk ipak yo’li davlatlarida giyohvand moddalarning g’ayriqonuniy aylanishiga qarshi kurashish” mavzusida xalqaro konferentsiya (konferentsiya yakunida Toshkent Deklaratsiyasi imzolangan);
- 2004 yilda Yaponiya hukumati ko’magida bojxona protsedurasini soddalashtirish va uyg’unlashtirish bo’yicha qayta ishlab to’ldirilgan Xalqaro konventsiyani tanishtirish maqsadida tashkil etilgan mintaqaviy seminar (Kioto konventsiyasi)
- 2008 yilda Milliy kinologiya markaziga BBTning mintaqaviy o’quv markazi maqomini berish bo’yicha Davlat bojxona qo’mitasi va BBT o’rtasida anglashuv Memorandumi imzolanishi.
Bundan tashqari BBT ekspertlari ishtirokida O’zbekiston Bojxona xizmati xodimlari uchun sohaning turli masalalariga bag’ishlangan bir qator o’quv seminarlari o’tkazilgan.
Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda bojxona organlari tashkil etilayotgan vaqtda xalqaro tajriba zarurati borligi va bu jarayonda BBT tomonidan yordam ko’rsatilganligi ayni muddao edi. Bejizga BBT “Xalqaro bojxona tajriba markazi” deb atashmaydi. Tashkilotning bugungi kundagi faoliyati va unga a’zo davlatlar soni yildan-yilga ortib borishi (ayni paytda 176 ta davlat mazkur tashkilotga a’zo) yuqoridagi tavsifni tasdiqlaydi. O’zbekiston Respublikasi 1992 yilning 28 iyulida Bojxona hamkorligi Kengashi ta’sischilarining Konventsiyasiga qo’shilgan hamda Butunjahon bojxona tashkilotiga a’zo bo’lgan.