ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Bosh sahifa
  25.06.2010 11:10
Qonunni bilgan emas, buzgan pand yeydi!
Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanuvchi valyuta islohotlari ham izchil amalga oshirib kelinmoqda. Ayni paytda Respublikamizda jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqish tartiblarini belgilovchi barcha huquqiy asoslar ishlab chiqilgan. Jumladan, “Valyutani tartibga solish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining    1998 yil 20 martdagi “Jismoniy shaxslarning naqd xorijiy valyutani olib kelishi va olib chiqib ketishini tartibga solish chora-tadbirlarito’g’risida"gi PF-1979-sonli Farmoni shular sirasidandir.
  14.06.2010 17:50
Metalshunos “tadbirkor”lar
  Ma’lumki, ishlab chiqarish-texnika buyumlari parchalari va rangli metallar chiqindilarining o’g’irlanishi hamda noqonuniy olib chiqib ketilishining oldini olish, respublikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek qimmatli xom ashyo resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida mamlakatimizda qator chora-tadbirlar olib borilmoqda. Xususan, Prezidentimizning 1999 yil 5 fevraldagi “Rangli metallar parchalari va chiqindilari eksportini tartibga solish to’g’risida”gi PF-2212 sonli Farmoniga muvofiq rangli metallar parchalari va chiqindilarini O’zbekiston respublikasidan tashqariga olib chiqib ketish taqiqlandi.
  07.06.2010 16:55
O’yindan o’t chiqmasin, o’yinchoqdan dard!!!

O’yinchoq shunchaki ovunchoq vositasi emas. Endigina shakllanayotgan bola ongining dunyoni anglashi, tasavvur etishida ularning ahamiyati juda katta. Bu esa farzandlarimizga o’yinchoqlar tanlashda yanada e’tiborli bo’lishni talab etadi. Zero, o’yinchoqlar nafaqat tashqi ko’rinishi, shaklu shamoyili bilan balki kimyoviy tarkibi, gigienik sifati bilan ham kelajagimiz egalariga ziyon yetkazmasligi kerak.
      Ayni shu maqsadda respublikamiz bojxonachilari tomonidan sifati kafolatlanmagan va tegishli hujjatlari bo’lmagan bolalar o’yinchoqlarining olib o’tilishiga qarshi chora tadbirlar muntazam olib borilmoqda.

  04.06.2010 17:48
Bojxona brokeri – ishonchli ko’prik

Davlat bojxona qo’mitasida bojxona brokerlari va bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha mutaxassislar tomonidan bojxona sohasiga doir qonunchilikka rioya etilishiga bag’ishlangan uchrashuv bo’lib o’tdi.  Unda  DBQ Markaziy Apparati, Toshkent shahri va Toshkent viloyati bojxona boshqarmalari, “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, Oliy harbiy bojxona instituti, Bojxona brokerlari uyushmasi rahbar xodimlari hamda Toshkent regionida faoliyat yuritib kelayotgan bojxona brokerlari va bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha mutaxassislar ishtirok etishdi.

  02.06.2010 17:57
Bojxona infratuzilmasini obodonlashtirish yo’lida

Davlat bojxona qo’mitasi tomonidan bojxona postlarida fuqarolar va TIF ishtirokchilari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida qator chora-tadbirlar olib borilmoqda. Keyingi uch yil davomida halqaro standartlar va talablarga muvofiq keluvchi O’zbekiston-Tojikiston chegarasidagi “Oybek”, O’zbekiston-Qozog’iston chegarasidagi “Yallama”, “Navoiy” va S.Najimov nomidagi bojxona postlari foydalanishga topshirildi.

Sahifalar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM