ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Bosh sahifa
  16.12.2009 15:55
O'yindan o't chiqmasin

        Yangi yilni hamma orziqib kutadi. Ayniqsa, bolajonlar. Yil boshidagi bu bayram azaldan shodliklari, tilaklari, ertaklari, bezaklari bilan boshqa ayyomlardan ajralib turadi.Keyingi yillarda bu bayram yana bir qirrasi bilan e’tiborni tortmoqda. U ham bo’lsa bayram kunlari pirotexnika vositalarini yoqish borgan sari salbiy odat tusini olmoqda. Hattoki, ro’parama ro’para joylashgan ko’p qavatli uylarda kimo’zarga aylanib bormoqda. 
          Pirotexnika mahsulotlarining bozori chaqqonligidan foydalanib, mo’maygina daromadli bo’lishni ko’zlagan “tadbirkorlar” noqonuniy yo’llar bilan ularni yurtimizga olib kirish payida bo’lmoqdalar. Bunday kimsalarni bolajonlarning salomatligi, ularning jabrlanib bir umrga mayib-majruh bo’lib qolishi zig’ircha ham qiziqtirmaydi.

  03.12.2009 18:34
"Egasiz" tamaki

Respublikamiz bojxonachilari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda sifati kafolatlanmagan va tegishli hujjatlari bo’lmagan tamaki mahsulotlarining noqonuniy olib o’tilishiga qarshi tezkor chora-tadbirlar olib borilmoqda. Andijon viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari bir necha holatlarda yirik miqdordagi tamaki mahsulotlarining yurtimizga noqonuniy olib kirilishining oldini olishdi.

  02.12.2009 18:53
Oz emas - ko'p emas, naqd 1 tonna!

Pirotexnika mahsulotlarining respublikamiz hududiga kirishi va uning ichki bozorda sotilishining oldini olish maqsadida mutasaddi tashkilotlar qatorida respublikamiz bojxonachilari ham kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqda. Ammo ko’rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan ayrim mo’may daromadga ilinjidagi tadbirkorlar yangi yil bayrami arafasida pirotexnika mahsulotlarining bozori chaqqon bo’lishini ko’zlagan holda shu turdagi  mahsulotlarni yurtimizga olib kirishga urinishmoqda.

  01.12.2009 18:02
Odam savdosining oldini olish va odam savdosi jinoyatidan jabrlanganlarga ko’maklashish mexanizmi” mavzusida davra suhbati

O’zbekiston Respublikasining 2008 yil 17 apreldagi “Odam savdosiga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 8 iyuldagi “Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-911 Qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Odam savdosiga qarshi kurashish bo’yicha Idoralaro Komissiyasining “Odam savdosini bartaraf qilish va oldini olish, odam savdosi jinoyatidan jabrlangan shaxslarning huquqlarini himoya qilish, O’zbekiston Respublikasidan tashqarida yo’qolgan shaxslarni aniqlash, ularni ortga qaytarish va reabilitatsiya qilish” bo’yicha 2009-2010 yillar davomida amalga oshiriladigan hamkorlikdagi chora-tadbirlar Rejasining ijrosini ta’minlash borasida  Davlat bojxona qo’mitasi hamda Toshkent shahar “Istiqbolli avlod” yoshlar axborot-ma’rifat markazi tomonidan O’zbekiston respublikasi Bosh Prokuraturasi, Xotin-qizlar qo’mitasi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida  davra suhbati uyushtirildi.    

  25.11.2009 15:02
Biz odam savdosiga qarshimiz

        Dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan global muammolardan biri bu - odam savdosidir. Ushbu transmilliy jinoyat barchani birdek, xususan, ayollar va bolalarni ham o’z domiga tortishi bilan juda xavflidir.   Tahlillarga ko’ra, dunyoda har yili taxminan 2,7 mln. inson, shu jumladan  600-800 ming atrofida ayollar va bolalar odam savdosining qurboniga aylanmoqda. Ushbu qabih jinoyat tufayli dunyo bo’yicha yiliga 7 milliard AQSh dollari atrofida pul noqonuniy aylanadi.

Sahifalar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM