![]() |
Davlat Madhiyasi | 10 mart 2010 | Đóńńęčé | Bosh sahifa | Oliy harbiy bojxona instituti | Matbuot xizmati | Manzilimiz | www.gov.uz |
|
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
|
|
O'zR DBQ
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
29.08.1997 y. N 472-I DAVLAT BOJXONA XIZMATI TO’G’RISIDA Mazkur Qonunga quyidagilarga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan O’zR 01.05.1998 y. 621-I-son Qonuni, O’zR 03.12.2004 y. 714-II-son Qonuni 1 - modda. Ushbu Qonunning maqsadi 2 - modda. Bojxona nazorati 3 - modda. Bojxona organlari 4 - modda. Bojxona organlarining asosiy vazifalari 5 - modda. Bojxona organlarining xuquqlari 6 - modda. Bojxona organlarining majburiyatlari 7 - modda. Bojxona organlarining boshqa organlar va tashkilotlar bilan o’zaro xamkorligi 8 - modda. Bojxona organlarining mansabdor shaxslari 9 - modda. Bojxona organlarining mansabdor shaxslarini tayinlash 10 - modda. Bojxona organlari mansabdor shaxslarining maxsus unvonlari 11 - modda. Bojxona organlari mansabdor shaxslarining javobgarligi 12 - modda. Bojxona organlari mansabdor shaxslarini ijtimoiy ximoya qilish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy xuquqlarini muxofaza etish 13 - modda. Bojxona organlari mansabdor shaxslarining moddiy ta’minoti 14 - modda. Xalqaro hamkorlik 1 - modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonun davlat bojxona xizmati organlari (bundan buyongi matnda bojxona organlari deb yuritiladi) faoliyatining huquqiy asoslarini belgilab beradi. Bojxona organlari O’zbekiston Respublikasining yagona bojxona siyosatini amalga oshirish va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida tuziladi. 2 - modda. Bojxona nazorati Bojxona nazorati O’zbekiston Respublikasining bojxona ishi sohasidagi qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida bojxona organlari amalga oshiradigan tadbirlar majmuidan iborat. 3 - modda. Bojxona organlari O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi, Davlat bojxona qo’mitasining Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo’yicha boshqarmalari, bojxona komplekslari va bojxona postlari bojxona organlaridir. Bojxona organlari o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga, O’zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga amal qiladilar. Bojxona organlari qonun hujjatlariga muvofiq o’z faoliyatini davlat hokimiyati mahalliy organlaridan mustaqil tarzda amalga oshiradilar. Bojxona organlari o’z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlar barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ijro etilishi shart. Bojxona organlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar hisoblanadi va davlat byudjeti mablaglaridan ta’minlanadi, O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va o’z nomi bitilgan muhrga ega. Davlat bojxona qo’mitasining tuzilishi hamda uning faoliyatini tashkil etish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan Nizom bilan belgilanadi. 4 - modda. Bojxona organlarining asosiy vazifalari Bojxona organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilish; - O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va o’z vakolati doirasida uning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash; - bojxona siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish; - bojxona haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish; - bojxona to’lovlarini undirish; - bojxona nazoratidan o’tkazilishi kerak bo’lgan tovarlar va transport vositalari shunday nazoratdan o’tkazilishini ta’minlash; - bojxona haqidagi qonun hujjatlari buzilishining, shu jumladan kontrabandaning oldini olish, uni aniqlash va ularga chek qo’yish; - tashqi iqtisodiy faoliyatga doir bojxona statistikasini hamda tovar nomenklaturasini yuritish; - O’zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bojxona ishiga oid qismidan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash. 5 - modda. Bojxona organlarining huquqlari Bojxona organlari o’z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga egadir: - tovarlar va transport vositalarini, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa, jismoniy shaxslarning o’zini ko’zdan kechirish; - yuridik va jismoniy shaxslardan ko’zdan kechirish uchun tovarlar va transport vositalarini, shuningdek zarur hujjatlarni taqdim etishni talab qilish; - valyuta nazoratini amalga oshirish; - moliya, bank va boshqa tashkilotlardan, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslardan eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish bilan bogliq bo’lgan axborot va hujjatlarni hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa axborotni olish; - bojxona nazoratidan o’tkazish maqsadida tovarlar hamda boshqa buyumlardan namuna va nusxalar olish; - bojxona nazoratidan o’tkazilishi lozim bo’lgan tovarlar saqlanayotgan hududlarga va binolarga belgilangan tartibda kirish; - bojxona haqidagi qonun hujjatlarining buzilishiga doir materiallarni belgilangan tartibda ko’rib chiqish hamda jismoniy va yuridik shaxslarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish; - bojxonaga oid huquqbuzarliklarning bevosita predmeti bo’lgan tovarlar va transport vositalarini qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda ushlab turish hamda olib qo’yish; - eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotlar O’zbeqiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilayotganda: shuningdek aktsiz markalari qo’yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda, transportirovka (xalqaro tranzit bundan mustasno) qilinganda va saqlanganda ularni musodara etish to’grisida qaror qabul qilish; (Xatboshi O’zR 01.05.1998 y. N 621-I-son Qonuniga muvofiq kiritilgan) - surishtiruv o’tkazish va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish; - bojxonaga oid huquqbuzarliklarni aniqlashga xizmat qiladigan texnikaviy va maxsus vositalarni qo’llash. Bojxona organlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadirlar. 6 - modda. Bojxona organlarining majburiyatlari Bojxona organlari: - yagona davlat bojxona siyosatini ro’yobga chiqarishda ishtirok etishga; - bojxona haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, bojlar to’gri hisoblanishi, to’liq va o’z vaqtida to’lanishini nazorat qilishga; - davlat xavfsizligini, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning hayoti va sogligini himoya qilish, atrof muhitni muhofaza etish chora-tadbirlari amalga oshirilishiga ko’maklashishga; - bojxona haqidagi qonun hujjatlarini qo’llanish bo’yicha belgilangan tartibda uslubiy ko’rsatmalar va normativ hujjatlar ishlab chiqish hamda ularni nashr etishga; - yuridik va jismoniy shaxslarni tovarlar va transport vositalarini olib o’tish hamda bojxona chegarasidan o’tish vaqtidagi huquqlari va majburiyatlari to’grisida o’z vaqtida xabardor qilishga; - faoliyat turlari bilan shugullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalarni (litsenziyalarni) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berishga; - o’z xizmat vazifalarini bajarishlari natijasida o’zlariga ma’lum bo’lib qolgan davlat siri va tijorat siri hisoblangan axborotni oshkor etmaslikka majburdirlar. Bojxona organlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham bajaradilar. 7 - modda. Bojxona organlarining boshqa organlar va tashkilotlar bilan o’zaro hamkorligi Bojxona organlari o’z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni davlat boshqaruvining boshqa organlari va davlat hokimiyati mahalliy organlari bilan hamkorlikda bajaradilar. Mazkur organlar bojxona nazoratini amalga oshirish hamda bojxona haqidagi qonun hujjatlarining buzilishiga qarshi kurashda bojxona organlariga ko’maklashishlari shart. Bojxona organlari o’z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida boshqa organlar va tashkilotlar bilan aniqlangan huquqbuzarliklar bo’yicha mavjud materiallar to’grisidagi axborotni, shuningdek boshqa axborotni qonun hujjatlarida va bitimlarda belgilangan tartibda o’zaro almashadilar. Bojxona organlari o’z vakolatlari doirasida chiqaradigan hamma uchun majburiy tusdagi normativ hujjatlar tegishli vazirliklar, idoralar bilan kelishilishi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilishi lozim. Bojxona organlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o’z vakolatlariga kiradigan ayrim harakatlarning boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan bajarilishiga yo’l qo’yadilar. Bojxona haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida banklar va boshqa moliya-kredit tashkilotlari: - xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan byudjet oldidagi majburiyatlarning bojxona to’lovlariga oid qismining bajarilishi to’grisidagi bojxona organlarining xulosasiga binoan ana shu sub’ektlarning hisob-kitob va boshqa hisobvaraqlarini yopishlari mumkin; - belgilangan muddatlarda to’lanmagan bojxona to’lovlari va jarima summalarini xo’jalik sub’ektlaridan so’zsiz tartibda undirib olish to’grisidagi bojxona organlarining farmoyishlarini (inkasso topshiriqlarini) bajaradilar; - xo’jalik sub’ektlarining so’mlardagi mablaglari etishmasa va valyuta hisobvaraqlarida mablaglari mavjud bo’lsa, bojxona organlarining taqdimnomasiga binoan mazkur valyuta mablaglarini valyuta birjasida sotish kunidagi kurs bo’yicha byudjet oldidagi qarzni qoplash uchun zarur hajmlarda so’zsiz sotishni amalga oshiradilar. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning aybi bilan bojxona to’lovlari va jarima summalarini to’lash kechiktirilgan bo’lsa, shuningdek xo’jalik yurituvchi sub’ektlar yoki bojxona organlarining bojxona to’lovlarini o’tkazish yoki qaytarish to’grisidagi topshiriqlari bank yoki moliya-kredit muassasalarining aybi bilan bajarilmagan bo’lsa (bajarish kechiktirilgan bo’lsa), xo’jalik sub’ektlaridan, bank yoki moliya-kredit muassasalaridan belgilangan tartibda penya undiriladi. 8 - modda. Bojxona organlarining mansabdor shaxslari Bojxona organlarining mansabdor shaxslari xizmat vazifalarini bajarish vaqtida davlat hokimiyatining vakillari hisoblanadilar va ularning bojxona haqidagi qonun hujjatlariga rioya etish borasidagi talablarini barcha yuridik va jismoniy shaxslar bajarishi shart. Bojxona organlari mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga aralashishga hech kim haqli emas. Bojxona organlari mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarmaslik, ularning o’z xizmat vazifalarini bajarishiga to’sqinlik qilish, o’z xizmat vazifalarini bajarishlari munosabati bilan ularning sha’ni va qadr-qimmatini haqoratlash, ularga qarshilik ko’rsatish, tahdid, zo’rlik qilish yoki ularning hayotiga, sog’ligiga va mol-mulkiga tajovuz qilish qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka sabab bo’ladi. Bojxona organlarining mansabdor shaxslari xizmat vazifalarini bajarish vaqtida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tabel o’qotar qurolini hamda maxsus vositalarni saqlash, olib yurish va qo’llash huquqiga egadirlar. Bojxona organlarida xizmatni o’tash, bojxona organlarining mansabdor shaxslarini ragbatlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo’llanish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 9 - modda. Bojxona organlarining mansabdor shaxslarini tayinlash O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasining raisi O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va lavozimidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ozod qilinadi. O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi raisining o’rinbosarlari, O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasining Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo’yicha boshqarmalari va ixtisoslashtirilgan bojxona majmualari boshliqlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Bojxona organlarining ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida sanab o’tilmagan mansabdor shaxslari O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi tomonidan belgilanadigan tartibda tayinlanadi. (O’zR 03.12.2004 y. 714-II-son Qonuni taxriridagi modda matni), (Oldingi taxririga qarang) 10 - modda. Bojxona organlari mansabdor shaxslarining maxsus unvonlari Bojxona organlarining mansabdor shaxslariga ular egallab turgan lavozimlarga hamda necha yil ishlaganliklariga qarab quyidagi maxsus unvonlar beriladi: kichik boshliqlar tarkibi - bojxona xizmatining starshinasi; o’rta boshliqlar tarkibi - bojxona xizmatining kichik leytenanti, bojxona xizmatining leytenanti, bojxona xizmatining katta leytenanti, bojxona xizmatining kapitani; katta boshliqlar tarkibi - bojxona xizmatining mayori, bojxona xizmatining podpolkovnigi, bojxona xizmatining polkovnigi; oliy boshliqlar tarkibi - bojxona xizmatining general-mayori, bojxona xizmatining general-leytenanti, bojxona xizmatining general-polkovnigi. Maxsus unvonlar berish va ulardan mahrum etish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 11 - modda. Bojxona organlari mansabdor shaxslarining javobgarligi Bojxona organlarining mansabdor shaxslari gayriqonuniy xatti-harakatlari yoki harakatsizliklari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tarzda javobgar bo’ladilar. Bojxona organi mansabdor shaxsining yuridik va jismoniy shaxslarga etkazgan zarari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qoplanishi lozim. Noto’gri undirilgan bojxona to’lovlari va jarima summalari qaytarilishi lozim, bojxona organlarining gayriqonuniy xatti-harakatlari tufayli tkazilgan zarar esa, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi. 12 - modda. Bojxona organlari mansabdor shaxslarini ijtimoiy himoya qilish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarini muhofaza etish Davlat bojxona organlari mansabdor shaxslarining ijtimoiy himoya qilinishini kafolatlaydi. Bojxona organlari mansabdor shaxslarining hayoti va sogligi davlat byudjeti mablaglari hisobidan majburan shaxsiy sugurta qilinishi lozim. O’z mansab vazifalarini bajarishlari munosabati bilan bojxona organlarining mansabdor shaxslariga tan jarohati etkazilgan yoki ular halok bo’lgan, shuningdek ularning mol-mulki yo’q qilingan yoki unga zarar etkazilgan taqdirda buning uchun moddiy tovon to’lash tartibi va miqdori qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Bojxona organlari xodimlari va ular oila a’zolarining pensiya ta’minoti harbiy xizmatni, ichki ishlar organlaridagi xizmatni o’tagan shaxslar va ularning oila a’zolari uchun qonun hujjatlarida belgilangan shartlar va normalar bo’yicha amalga oshiriladi. Bojxona organlari mansabdor shaxslariga bojxona organlarida xizmatni o’tashning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda pensiya tayinlash uchun ishlagan yillarini hisoblab chiqarish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Bojxona organlari mansabdor shaxslari va ular oila a’zolarining pensiya ta’minotini tashkil etish O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasining pensiya xizmati zimmasiga yuklatiladi. 13 - modda. Bojxona organlari mansabdor shaxslarining moddiy ta’minoti Bojxona organlari xodimlarining ish haqi mansab maoshidan, maxsus unvonlar va ishlagan yillari uchun ustamalardan hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy etilgan tartibda belgilanadigan boshqa qo’shimcha haqlardan iboratdir. Bojxona organlarining mansabdor shaxslari bepul formali kiyim-bosh bilan ta’minlanadilar. Bojxona organlari mansabdor shaxslari kiyim-boshining bichimi, farqlovchi belgilari va kiyim-bosh bilan ta’minlash normalari qonun hujjatlarida belgilanadi. Formali kiyim-boshni kiyib yurish tartibi O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi tomonidan belgilanadi. Bojxona organlarida maxsus fond tashkil etilishi mumkin. Bunday fondni tashkil etish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. 14 - modda. Xalqaro hamkorlik O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga muvofiq bojxona ishi, kontrabandaga, giyohvand vositalar, psixotrop moddalarning gayriqonuniy muomalasiga qarshi kurash masalalari hamda o’z vakolati doirasidagi boshqa masalalar bo’yicha xorijiy davlatlarning bojxona va boshqa organlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.Karimov |
| Barcha huquqlar himoyalangan. O'zR DBQ. © 2006 - 2007 Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan |