ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 11 mart 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Oliy harbiy bojxona instituti | Matbuot xizmati | Manzilimiz | www.gov.uz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Oliy harbiy bojxona instituti

Mustaqillikka erishilgandan keyin O’zbekiston xalqaro ta’lim me’yorlariga javob beradigan kadrlarni tayyorlash milliy tizimini barpo eta boshladi. 1997 yildan boshlab respublikada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi” asosida ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakat uchun o’ta muhim bo’lgan ushbu hujjatga ko’ra O’zbekistonni rivojlantirishning zarur sharti bo’lib xalqning boy intellektual merosi va umuminsoniy qadriyatlari, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, ilm-fan, texnika va texnologiyalar yutuqlari asosida kadrlarni tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish hisoblanadi.

Bojxona xizmati uchun milliy kadrlarni tayyorlash maqsadida Prezident  I. Karimovning tashabbusi bilan bir qator o’quv muassasalari ochildi.  1998 yili tashkil etilgan Bojxona kolleji o’rta bo’g’in uchun malakali bojxona kadrlarini tayyorlashga ixtisoslashgan dastlabki muassasalardan biri bo’ldi. 2001 yil 2 sentyabrda esa O’zbekiston Respublikasi Soliq va bojxona organlari akademiyasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Ushbu ta’lim dargohida oliy ma’lumotli bojxona xodimlari tayyorlana boshladi, shuningdek, DBQ rahbar bo’g’inlari xodimlarining malakasini  oshirish tashkil qilindi.

2003 yilda Akademiyaning “Bojxona ishi” fakulteti va Bojxona kolleji negizida noyob oliy o’quv yurti – Oliy harbiy bojxona instituti (O¥BI) tashkil etildi. Bu nafaqat O’zbekiston bojxona xizmati uchun, balki “Customs world” (WCO) jurnali qayd etganidek,  butun xalqaro bojxona hamjamiyati uchun ham juda muhim ahamiyatga ega. Markaziy Osiyoda dastlab O’zbekistonda bunday o’quv yurtining barpo etilishi mamlakatning yuqori malakali, ma’lumotli bojxona kadrlarini maqsadli bazaviy tayyorlash tizimida muhim bo’g’in bo’ldi.

     Oliy harbiy bojxona instituti hamma jihatdan jahon standartlariga javob beradi, g’oyatda zamonaviy moddiy-texnika bazasiga ega, noyob asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Institutda 12takafedra, bir nechta kompyuter sinfi, kriminalistik laboratoriya, o’quv sinflari faoliyat yuritmoqda,ular JBT talablariga monand jihozlangan. Ular orasida – texnik vositalarni qo’llagan holda bojxona nazoratini tashkil etishga o’rgatish bo’yicha sinflar, “Kontrabandaga va bojxona qoidalarini buzilishiga qarshi kurash”eng yangi uskunalar bilan jihozlangan sinfi, jahon fan-texnika fikrining eng zamonaviy yutuqlari bilan jihozlangan. “Tovarlarning kimyoviy tarkibi asosida tasniflash va sertifikatlashtirish” ilmiy laboratoriyasi bor.

O’quv-moddiy va uslubiy bazani yaratishda, shuningdek, o’qituvchi kadrlarni tayyorlashda ko’plab xalqaro tashkilotlar va davlatlar ko’mak berdilar. Masalan, axborot texnologiyalari, statistika va bojxona qiymati sinflari yuqori darajali apparatura bilan, spektral tahlil uchun fizik-kimyoviy laboratoriya esa Yaponiyaning “Shimadzu” firmasi ishlab chiqargan, texnik tavsiflari va sifatiga ko’ra noyob bo’lgan uskuna bilan jihozlangan.

Oliy harbiy bojxona instituti bojxona ishi vayurisprudentsiya  sohasida kadrlarni bazaviy professional tayyorlashni amalga oshiradi.

OHBIni tantanali ochish marosimida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov yangi oliy o’quv yurtining rolini ta’kidlab, uning xalqaro standartlarga javob beradigan, respublika mustaqilligi va suvereniteti ishiga sodiq bo’lgan, mamlakatda bojxona ishini rivojlantirish va takomillashtirishga hissa qo’sha oladigan bojxona mutaxassislarini tayyorlashdagi asosiy maqsadlari va vazifalarini belgilab berdi.

Shu yerning o’zida Prezident bojxona xizmati oldiga bir qator dolzarb masalalarni qo’ydi. Xususan, Islom Karimov olib kirilayotgan yuklarni respublika bojxona hududi orqali olib o’tish va ularning tranzitini amalga oshirish uchun chegaradosh bojxona postlarini nazoratning zamonaviy texnik vositalari bilan jihozlash lozimligini ta’kidladi. Ta’sirchan nazoratni amalga oshirishda xorijiy texnologiyalar, zamonaviy kompyuter texnologiyasi, elektron va rentgen apparatlaridan keng foydalanish zarur. Bu esa vaqtni ancha qisqartirish va ayni vaqtning o’zida bojxona nazoratining sifatini yaxshilash imkonini beradi. Bojxona xizmati respublikaga olib kirilayotgan, shuningdek, tranzit bilan olib o’tilayotgan, bevosita tayinlangan joyiga, yuk oluvchiga yetkazib berilishi kerak bo’lgan yuklarni kuzatishga doir potentsial imkoniyatlardan to’liq darajada foydalanishi shart. 

 125 nafar yigit va qiz ushbu ixtisoslashgan oliy o’quv yurtining dastlabki tinglovchilari bo’lishdi. OHBIni tugallab, “Bojxona ishi – to’lovlar, statistika va TIF”, “Bojxona ishi – tasnif, tovarlarni sertifikatlashtirish va bojxona rasmiylashtiruvi” hamda “Bojxona ishi bo’yicha yurisprudentsiya” ixtisosliklari bo’yicha diplom sohibi bo’luvchilarning mamlakat iqtisodiyotini jadal isloh qilish sharoitida, O’zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo’lish uchun faol tayyorgarlik ko’rayotgan davrda ishlashga to’g’ri keladi. Buning uchun zarur bilimlarni ularga bojxona ishining barcha asosiy yo’nalishlari bo’yicha kafedralar ishlab turgan institut beradi.

OHBI olimlari tomonidan yangi fanlarni o’qitishda  “Tovarlarni ularning kimyoviy tarkibi asosida tasniflash va sertifikatlashtirish – 02.00.22 shifri” va “Bojxona huquqi – 12.00.12 shifri”, “Bojxona ishi 080014 shifri” joriy etildi. Hozirgi vaqtda nafaqat O’zbekistonda, balki boshqa davlatlarda ham ana shu yangi ilmiy ixtisosliklar bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Bojxona kadrlarini sifatli tayyorlash va tarbiyalash nafaqat Oliy harbiy bojxona instituti va boshqa o’quv yurtlarida, balki bojxona bo’linmalarining o’zida ham amalga oshirilyapti. Bojxona organlariga xizmatga tanlovda sinab ko’rilgach, millati, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, diniy e’tiqodlaridan qat’i nazar, o’zlarining shaxsiy, amaliy, intellektual va axloqiy sifatlari, ma’lumot darajasi va sog’lig’ining holatiga ko’ra bojxona xizmati zimmasiga yuklangan vazifalarni bajara oladigan O’zbekiston  fuqarolari qabul qilinadi.

Bugungi kunda O’zbekistonning iqtisodiy manfaatlarini o’z kasbiga sadoqatli bojxonachilar jamoasi himoya qilmoqda. Ular bojxona ishi sohasida davlat siyosatini amalga oshirmoqdalar, bojxona rasmiylashtiruvi va nazoratining eng yangi texnik chizmalarini joriy etmoqdalar, kontrabandaga va bojxona qonunchiligi buzilishlariga qarshi kurash olib bormoqdalar, ular respublikaning iqtisodiy xavfsizligini samarali tarzda ta’minlaydilar.

 

 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM