ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
“ZIL”dagilar zil ketdi
06.02.2009 10:20

           Bojxona xodimlari yurtimiz hududidan qora va rangli metall parchalarining noqonuniy olib o’tilishining oldini olish borasida qator chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqda.

           Yaqinda, Sirdaryo viloyatining “Sardoba” harakatdagi bojxona posti xodimlari Sayxunobod tumanida harakatlanayotgan “Zil” rusumli yuk mashinasini bojxona nazoratidan o’tkazishganda, fuqaro T. Turdiev 4627 kg. qora metal parchalarini hech qanday hujjatlarsiz noqonuniy ravishda olib ketayotganligi ma’lum bo’ldi. 
           Shunga o’xshash holat Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan ham aniqlandi. Ular “Gaz-5327” rusumli yuk mashinasini bojxona nazoratidan o’tkazishganda, unda fuqaro S.Tilavovga tegishli 2120 kg. qora metall parchalari noqonuniy ravishda olib ketilayotganligi ma’lum bo’ldi.
           Jizzax viloyati bojxona boshqarmasining “Gagarin” bojxona posti xodimlari ham boshqa bir “Zil” rusumli yuk mashinasini bojxona nazoratidan o’tkazishdi va unda 4,5 tonnaga yaqin  qora metall parchalari borligini aniqlashdi. Ammo, yuk egasi A.Xudoyberdiev berilgan savollarga javob topolmay yer chizib qoldi.
           Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM