ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Yosh bojxonachilarga diplomlar topshirildi
02.07.2008 10:14
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Oliy harbiy bojxona institutida bojxona ishi va yurisprudensiya mutaxassisliklarini tugatgan bitiruvchilarga diplomlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda tegishli vazirlik va tashkilotlar, ota-onalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Oliy harbiy bojxona institutida bojxona ishi va yurisprudensiya mutaxassisliklarini tugatgan bitiruvchilarga diplomlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda tegishli vazirlik va tashkilotlar, ota-onalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov, Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Sadirxon Nosirov va boshqalar bojxona xodimlari zimmasiga mamlakatimiz iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, ichki bozorni sifatsiz mahsulotlardan himoya qilish bilan bog‘liq mas’uliyatli vazifalar yuklatilganini alohida ta’kidladi.

Institutda kadrlar tayyorlashning axborot va kompyuter texnologiyalariga, zamonaviy ilm-fan va texnika yutuqlariga asoslangan samarali tizimi tashkil etilgan. Yoshlar zamon talablari asosida jihozlangan kutubxona, kompyuterlashtirilgan sinflar, kriminalistika laboratoriyasi, sport inshootlaridan foydalangan holda ta’lim-tarbiya olmoqda.

– Mamlakatimizda yoshlarning iqtidor va imkoniyatlarini to‘la namoyon qilishi uchun barcha zarur shart-sharoit yaratilgan, – deydi Oliy harbiy bojxona instituti bitiruvchisi Mohichehra To‘qsonova. – Bu bizni Vatanimiz va xalqimiz uchun fidoyilik bilan mehnat qilishga undaydi. Bugun bojxonachi sifatida o‘z burchimni ado etish uchun xizmat joyimga yo‘l olar ekanman, el-yurtimiz manfaati uchun sidqidildan xizmat qilishga qat’iy ahd qilganimni aytmoqchiman.


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM