![]() |
Davlat Madhiyasi | 31 iyul 2010 | Ðóññêèé | Bosh sahifa | Manzilimiz |
|
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
|
|
Matbuot xizmati
Yong'oqdagi oq ajal
05.08.2009 11:52
Giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi shubhasiz, jahon
hamjamiyatini tashvishga solayotgan global muammolardan biridir. To’riga ilinganni
avval barcha insoniy fazilatlaridan mosuvo etib, so’ng ajal changaliga topshiruvchi
ushbu baloi ofatga qarshi kurash borasida yurtimizda barcha chora-tadbirlar ko’rilmoqda.
Jumladan, respublikamiz bojxonachilari ham giyohvand moddalarning noqonuniy olib
o’tilishiga qarshi chora-tadbirlarni davom ettirmoqdalar.
Yaqinda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari
boshqa huquqni muhofaza etuvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda giyohvand moddalarni
tashish bilan shug’ullanuvchi kimsalardan birini fosh etishdi. “Toshkent-Moskva”
yo’nalishidagi yo’lovchi tashish poezdida yurtimizdan chiqib ketayotgan surxondayorlik
F.Norchaev “Keles” temir yo’l bojxona postida manziliga erta “etib” keldi. Uning
sport sumkasi bojxona nazoratidan o’tkazilganida, unda 42 dona yong’oq po’stlog’iga
va 1 dona shampun idishiga xufyona joylashtirilgan talqonsimon, o’tkir hidli giyohvandlik
moddasi borligi aniqlandi. Tekshiruvlar natijasida ushbu og’u "geroin" giyohvandlik moddasi
bo’lib, 538.10 gramm tosh bosar ekan.
Farg’onalik bojxonachilarning boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikdagi “Qoradori 2009” tadbiri chog’ida Oxunboboev tumanidagi A.Xolikov xonadonida mo’’jazgina nasha dalasini “kashf” etishdi. Tomorqadagi uzum toklari panasida 100 tup ko’knori va marixuanna butalari gurkirab o’sib yotgan ekan. Xonadonni ko’zdan kechirish chog’ida, tag’in salkam 1 kg nasha va 530 gramm ko’knor moddalari topildi. Xorazmlik bojxonachilar ham hamkorlikdagi tadbirlardan birida yirik miqdordagi giyohvand moddalar kontrabandasiga chek qo’yishdi. Hazorasplik A.Jumaniyozov “Urganch-Moskva” yo’nalishidagi parvozini qoldirishga majbur bo’ldi. Chunki, unga tegishli sport sumkasiga qadab qo’yilgan 14 dona oq matoli o’ramlar bojxonachilarda shubha uyg’otdi. Teshkiruv chog’ida o’ramlarga salkam 1 kg geroin moddasi mohirlik bilan joylanganligi aniqlandi. Ohangaronlik I.Yamalitdinovning Moskvaga uchishiga yonidagi 2 dona jomadonlari “xalaqit” berdi. Chunki, “Toshkent xalqaro aeroporti” bojxona posti xodimlarining aniqlashicha, ushbu jomadonlar ichki qismining tegralaridagi plastik bo’shliqlarga mohirliq bilan o’tkir hidli giyohvand modda – salkam 3 kg geroin yashirilgan ekan. Agar ushbu giyohvand moddalar birovlar qo’liga tushib, tarqatilganida, iste’mol qilinganida edi, yana qancha odamning hayoti zaharlangan, shirin turmushi buzilgan va ehtimolki, yangi-yangi jinoyatlarga zamin yaralgan bo’lardi. Davalat bojxona qo'mitasi
Matbuot xizmati |
| Barcha huquqlar himoyalangan. O'zR DBQ. © 2006 - 2007 Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan |