ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 6 sentabr 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Yolg’oni fosh bo’lgan “tadbirkor”lar
13.05.2010 19:44

Respublikamiz bojxonachilari sifati kafolatlanmagan, tegishli hujjatlari bo’lmagan, shuningdek, bojxona nazoratidan yashirilgan oziq-ovqat mahsulotlarining olib o’tilishiga qarshi qaratilgan chora-tadbirlarni muntazam olib bormoqdalar.Qonunbuzarliklarni ildizi bilan bartaraf etish maqsadida aylanma yo’llar orqali yurtimizga kirishga uringan soxta tadbirkorlarni chegaradosh hududdan kuzatib kelgan bojxonachilar ularning faoliyat yurituvchi yashirin nuqtalarini ham fosh etishdi.

Iqtisodiy xavfsizlik himoyachilari tomonidan Chilonzor tumani hududida joylashgan omborxonalardan biri qonunchilikda belgilangan tartibda ko’zda kechirilganda, bu yerda xorijda ishlab chiqarilgan ammo sifati kafolatlanmagan 7 million so’mlik oziq-ovqat mahsulotlari yashirincha saqlanayotganligi ma’lum bo’ldi. 3271 quti turli sharbatlar va salkam 300 kg og’irlikdagi turli konserva mahsulotlarini o’ziga qarashli omborxonada saqlayotgan fuqaro Sarsenbay Dauletmuratov esa surishtiruvlar chog’ida mazkur tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi bironta ham xujjatlarini taqdim qila olmadi.

Shuningdek, bojxonachilar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda “Karvonsaroy” bozori hududida qonunbuzarliklarning yana bir uyasi fosh etildi. Fuqaro Erkali Tursoatovga tegishli omborxonada qiymati oz emas - ko’p emas, naqd 40 million so’mlik oziq-ovqat mahsulotlari hech qanday hujjatlarsiz, yashirincha saqlanayotganiga nima deysiz? Xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi hujjatlari bo’lmagan turli nomdagi shirinliklar, ichimliklar, kofe, shokolad va konfetlar - xullas salkam 10 turdagi mazkur oziq-ovqat mahsulotlarining sifatiga hech kim kafil bo’la olmaydi. Chunki, yorliqlaridagi yaroqlilik muddati o’chirilgan ushbu mahsulotlar qo’lbola tarzda qadoqlarga o’zgartirish kiritish uchun tayyorlab qo’yilgan ekan.

Omborxonani ko’zdan kechirish chog’ida huquqni muhofaza qiluvchi idoralari xodimlari qadoqlardagi iste’mol muddatini o’zgartirishga mo’ljallangan bo’yoqlar, davlat tilidagi qalbaki markalar va ularni mahsulotlarga tamg’alash uchun xizmat qiluvchi, temir va plastmassadan tayyorlangan maxsus moslamalar, yorliqlardagi yozuvlarni o’chirishda foydalaniladigan atsiton va boshqa  vositalar borligini ham aniqlashdi. Ko’rinib turibdi-ki, qonunbuzarlar xaridorlarning ishonchini suiste’mol qilib, sifati kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddatini o’zlari istagan tartibda qalbakilashtirishgan. Hozirda ushbu qonunbuzarlik holatlari yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM