ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Yerning «rizqi»ga ko’z olaytirmang
15.07.2009 17:33

        Yer bilan tillashadigan bobodehqonlar har qarich yerdan unumli foydalanib, barakali hosil yetishtirishga harakat qilishadi. Bu uchun esa o’zlariga yaratilayotgan har qanday imkoniyatlardan, shart-sharoitlardan samarali foydalana bilishsa kifoya.   Qishloq xo’jaligi faoliyatining eng muhim omillaridan biri bu mineral o’g’itlar ta’minotidir. Xalqimizning dono naqli bor: yerni boqsang – yer seni boqur. Mo’l hosil yetishtirish uchun unumdor yer bilan bir qatorda me’yorida qo’llanilgan mineral o’g’itlar ham muhim ahamiyat kasb etadi

          Mamlakatimizda fermer xo’jaliklarini yetarlicha kimyoviy o’g’itlar bilan ta’minlash, ulardan tejamkorlik bilan va o’z o’rnida foydalanishni yo’lga qo’yish masalasiga xukumat darajasida katta e’tibor berilmoqda. Chunki, dunyo davlatlari boshidan kechirayotgan global moliyaviy inqiroz hisob-kitob bilan ish yuritmaslik, mavjud resurslardan to’g’ri foydalanishni yo’lga qo’ymaslik xo’jalik iqtisodini izdan chiqarishi muqarrar ekanligini isbotlab turibdi.
          Lekin, ming afsuski, qishloq xo’jaligi ekinlarining unumdorligini oshirishga xizmat qiladigan bunday tayyor xomashyoni o’z manfaati yo’lida talon-taroj qiluvchilar, mo’may daromad ilinjida uni pullashni ko’zlovchi shaxslar ham topilib turibdi.
         Yaqinda farg’onalik bojxonachilar boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda ana shunday kimsalardan birining qing’ir qilmishlariga nuqta qo’yishdi. Farg’ona tumanida fuqaro Q.Madaminovning xonadoni qonunchilikda belgilangan tartibda ko’zdan kechirilganda, u yerda hech qanday hujjatlarsiz saqlanayotgan, O’zbekistonda ishlab chiqarilgan va 57 dona qoplarga solinib qo’shni davlatga olib chiqish uchun tayyorlab qo’yilgan salkam 3 tonna ammiakli selitra yashirilganligi aniqlandi.
        Toshkent viloyati bojxonachilari ham ana shunday hamkorlikdagi tezkor tadbirlardan birida 4 tonna ammiakli selitraning talon-taroj qilinishiga chek qo’yishdi. Bekobodlik S.Nurillaeva xonadonini amaldagi tartiblarga ko’ra ko’zdan kechirish chog’ida topilgan 80 ta qopdagi ushbu mineral  o’g’itlar hech qanday hujjatlarsiz saqlanayotgan ekan.
         Urgutlik Z.Umarova xonadonini qonunchilikda belgilangan tartibda ko’zdan kechirgan samarqandlik bojxonachilar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari u yerda 163 dona qopdagi ammiakli selitra mahsuloti   yashirincha saqlanayotganini fosh etishdi. Aniqlanishicha,  7.5 tonna og’irlikdagi ushbu mineral o’g’itlar fuqaro M. Julievga tegishli ekan.
         Sirdaryo viloyati bojxonachilari ham boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda yirik miqdordagi mineral o’g’itlar kontrabandasiga chek qo’yishdi. Shirin shahridagi J.Shodmonqulovning xonadoni amaldagi qonunchilikka muvofiq ko’zdan kechirilganda salkam       17 tonna mineral o’g’itlar qo’shni davlatga olib chiqish uchun hozirlab qo’yilgani fosh etildi. Hech qanday hujjatlari bo’lmagan ushbu mineral o’g’itlarining qiymati salkam 5 mln. so’mni tashkil qilishi ma’lum bo’ldi.

 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM