![]() |
Davlat Madhiyasi | 31 iyul 2010 | Ðóññêèé | Bosh sahifa | Manzilimiz |
|
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
|
|
Matbuot xizmati
Yashirilgan valyutalar
24.07.2008 12:08
Respublikamiz bojxonachilari naqd xorijiy va milliy valyutalrni yurtimiz sarhadlari orqali noqonuniy olib o’tilishini oldini olish yo’nalishida qator chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqda. Yaqinda Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari «Toshkent-Rim» yo’nalishi bo’yicha uchib ketayotgan fuqaro N. Nenkovani bojxona nazoratidan o’tkazishganda u shaxsiy buyumlari orasiga bojxona bayonnomasida ko’rsatilmagan 18900 AQSh dollarini bekitgancha olib ketmoqchi bo’lganligi aniqlandi. «Toshkent-Krasnodar» yo’nalishi bo’yicha uchib ketayotgan fuqaro P. Belyakov shaxsiy ko’rikdan o’tkazilganda u cho’ntagidagi 20 550 rossiya rublini bojxona bayonnomasida ko’rsatmasdan olib ketmoqchi bo’lganligi oshkor bo’ldi. «Toshkent-Laxor» yo’nalishi bo’yicha uchib ketayotgan pokistonlik Hayat Yusuf o’ziga tegishli yozuv daftari ichiga yashirilgan 8550 AQSh dollarini bojxona bayonnomasiga yozishni “unutganligi” sababli Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari tomonidan to’xtatib qolindi. Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining S.Nadjimov bojxona posti xodimlari “Gaz- Hozirda yuqoridagi qonunbuzarlik holatlari yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. |
| Barcha huquqlar himoyalangan. O'zR DBQ. © 2006 - 2007 Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan |