![]() |
Davlat Madhiyasi | 31 iyul 2010 | Ðóññêèé | Bosh sahifa | Manzilimiz |
|
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
|
|
Matbuot xizmati
Yashirilgan tillalar
17.07.2008 12:18
Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari zargarlik buyumlari kontrabandasiga qarshi kurash yo’nalishida qator chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqda. Yaqinda “Istambul-Toshkent” yo’nalishi bo’yicha uchib kelgan fuqaro M. Isanbaevaning qo’l yuklarini bojxona nazoratidan o’tkazish chog’ida unga tegishli bo’lgan elektr isitgichning yon qismi ochib tekshirilganda, isitkich ichiga narxi 19 million so’mdan ortiqni tashkil etuvchi vazni 913,3 gramm bo’lgan qimmatbaho zargarlik buyumlari yashirib qo’yilganligi aniqlandi. Ushbu yo’nalish bo’yicha uchib kelgan D.Berdieva ham qo’l yuklari orasiga bojxona bayonnomasida ko’rsatilmagan vazni 450 grammdan ortiqni tashkil etuvchi, qiymati qariyb 10 million so’mlik, qimmatbaho zargarlik buyumlarini yashirgancha yurtimizga olib kirmoqchi bo’lganligi oshkor bo’ldi. “Istambul-Toshkent” yo’nalishi bo’yicha uchib kelgan fuqaro M. Parmonkulova esa bojxona bayonnomasida ko’rsatilmagan, qiymati 2 million so’mdan ortiqni tashkil etuvchi, vazni 115,8 gramm bo’lgan qimmatbaho zargarlik buyumlarini tish pastasi ichiga ustomonlik bilan joylab, bojxonachilarga chap berib olib o’tmoqchi bo’lgan ekan. Ammo uning bu nayrangi o’ziga pand berish bilan yakunlandi xolos. Hozirda yuqoridagi qonunbuzarlik holatlari yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. |
| Barcha huquqlar himoyalangan. O'zR DBQ. © 2006 - 2007 Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan |