![]() |
Davlat Madhiyasi | 31 iyul 2010 | Ðóññêèé | Bosh sahifa | Manzilimiz |
|
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
|
|
Matbuot xizmati
Yashirilgan taqinchoqlar
18.04.2008 11:35
Davlat bojxona qo’mitasi xodimlari tilla va zargarlik buyumlarining yurtimiz sarhadlari orqali noqonuniy olib o’tilishini oldini olish borasida qator chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqda. Joriy yilning birinchi choragi davomida soha xodimlari tomonidan 17 kilogrammga yaqin zargarlik buyumlari kontrabandasiga chek qo’yildi. Yaqinda Toshkent viloyati “G’ishtko’prik” bojxona kompleksi xodimlari fuqaro R. Muminovani bojxona nazoratidan o’tkazishganda, ushbu ayol bojxona bayonnomasida ko’rsatilmagan, qiymati 15 million so’mdan ortiqni tashkil etuvchi 400 grammdan ziyod zargarlik buyumlarini bojxona bayonnomasida ko’rsatmasdan, yashirincha respublikamizga olib kirmoqchi bo’lganligi aniqlandi. Shu kabi holat Qoraqalpog’iston Respublikasi bojxonachilari tomonidan ham aniqlandi. “Karakalpakakiya” temir yo’l stantsiyasida Rossiya Federatsiyasidan kelgan fuqarolarning yuklarini bojxona nazoratidan o’tkazish jarayonida surxondaryolik M. Egamuradovaning xatti-harakatlari bojxonachilarda shubha uyg’otdi. Shundan so’ng u bojxona ko’rigidan o’tkazilganda ushbu ayol bojxona bayonnomasida ko’rsatilmagan, qiymati 11 million so’mdan ortiqni tashkil etuvchi 350 grammdan ziyod zargarlik buyumlarini paypoqlari ichiga yashirgan holda yurtimizga olib kirishga uringanligi oshkor bo’ldi. Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari ham shunga o’xshash qonunbuzarlik holatini fosh etishdi. Turkiyadan uchib kelgan fuqaro M. Umarxodjaev bojxona bayonnomasini to’ldirar ekan yonida hech nima yo’qligini ma’lum qilgan edi. Ammo uni bojxona ko’rigidan o’tkazish chog’ida u o’zi bilan vazni 446 grammni tashkil etuvchi, qiymati 10 million so’mdan ortiq zargarlik buyumlarini yurtimizga noqonuniy ravishda olib kirmoqchi bo’lganligi aniqlandi. Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda |
| Barcha huquqlar himoyalangan. O'zR DBQ. © 2006 - 2007 Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan |