![]() |
Davlat Madhiyasi | 31 iyul 2010 | Ðóññêèé | Bosh sahifa | Manzilimiz |
|
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
|
|
Matbuot xizmati
Yashirib yanglishganlar
01.11.2008 17:37
Respublikamiz bojxonachilari valyuta boyliklari kontrabandasiga qarshi kurashish yo’nalishida qator chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqda. Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari Qozonga uchib ketayotgan Rossiya fuqarosi V. Abrosimovani bojxona nazoratidan o’tkazishganda uning qo’l sumkasiga bojxona bayonnomasidan “tushib qolgan” 3100 AQSh dollari yashirilganligi ma’lum bo’ldi. Urumchi safaridan qaytgan fuqaro N.Xudoyorov bojxona nazoratidan o’tish chog’ida, o’zi bilan hech qanday noqonuniy yuklarni olib kelmayotganligini ma’lum qiladi. Ammo, tekshiruvlar natijasida u qiymati qariyb 1,5 million so’mlik 592 dona uyali aloqa telefonlarining fleshkalari va qimmatbaho hayvon terilarini yurtimizga noqonuniy ravishda olib kirmoqchi bo’lganligi oshkor bo’ldi. «Sharja-Toshkent» yo’nalishi bo’yicha yurtimizga uchib kelgan Sh.Aslanov bojxona nazoratidan o’tkazilganda u ham qiymati qariyb 2,5 million so’mlik avtomashina va kompyuter aksessuarlarini yashirincha olib o’tmoqchi bo’lganligi aniqlandi. Hozirda yuqoridagi qonunbuzarlik holatlari yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. |
| Barcha huquqlar himoyalangan. O'zR DBQ. © 2006 - 2007 Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan |