ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Xurmoli “Kamaz”
16.11.2009 16:42
          Zaminimizda yetishtirilgan turli qishloq xo’jaligi mahsulotlariga talab va ehtiyoj hech qachon susaymagan. Shunga yarasha bozorlarimizda ham hamisha to’kin-sochinlik xukmron. Yaratilayotgan shart-sharoitlar bois tadbirkorlarimizning qishloq xo’jaligi mahsulotlari nafaqat yurtimiz bozorlarida, balki horijda ham o’z xaridorlarini topmokda.

         Respublikamizda qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksporti uchun barcha qonuniy imkoniyat va shart-sharoitlar yaratib berilgan. Amaldagi qonunchilikka muvofiq bu kabi mahsulotlarning eksporti - mulkchilik shaklidan qat’iy nazar yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo’yilgan.
       Shunday bo’lsada, xalqimiz rizqiga xiyonat qilayotgan ayrim “uchar” tadbirkorlar yurtimizda yetishtirilgan sara mahsulotlarni chetga noqonuniy ravishda olib o’tib, mo’may daromad orttirishga urinmoqdalar. Ularning qonunga zid xatti-harakatlariga respublikamiz bojxonachilari tomonidan o’z vaqtida chek qo’yilmoqda va noz-ne’matlar el dasturxoniga qaytarilmoqda.
       Sirdaryolik bojxonachilar Oq oltin tumanida fuqaro F.Turdibekovning xonadonini boshqa huquqni muhofaza etuvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda qonunchilikda belgilangan tartibda ko’zdan kechirishdi. Nazorat vaqtida hovlida turgan “Kamaz”ning yukxonasida 12 tonnadan ortiq anor va xurmo noqonuniy ravishda ya’ni bojxona rasmiylashtiruvidan o’tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarsiz saqlanayotganligi ma’lum bo’ldi. 
       Namangan viloyati bojxonachilari Yangiqo’rg’on tumanida yukxonasiga salkam 10 tonna xurmo ortilgan “Kamaz”ni to’xtatib qolishdi. Mazkur qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta sotish maqsadida olib ketayotgan fuqaro E.Karimov tadbirkorlik bilan shug’ullanish vakolatini tasdiqlovchi bironta ham hujjatni bojxonachilarga taqdim qila olmadi. Shuningdek, viloyat bojxonachilari tomonidan fosh etilgan boshqa bir “tadbirkor” – S.Jo’raevning boshini egib qolishiga esa noqonuiy olib ketayotgan 11 tonna xurmosi sabab bo’ldi.
      Farg’onalik bojxonachilar “uchar tadbirkor”lardan biri A.Ahmadjonovning noqonuniy xatti-harakatlariga chek qo’yishdi. Gap shunda-ki, qonunbuzar 10 tonnadan oshiq xurmoni “Kamaz” yuk mashinasiga yuklab, aylanma yo’llar orqali respublikamiz hududidan olib chiqmoqchi bo’lgan ekan.
        Bojxonachilar aylanma yo’lda harakatlanayotgan fuqaro R. Mirzamatov boshqaruvidagi “Kamaz” yuk mashinasini boshqa huquqni muhofaza etuvchi idoralar vakillari hamkorligida bojxona nazoratidan o’tkazishdi. Naktijada haydovchining to’g’ri yo’l qolib nega “egri” yo’lni ixtiyor qilganligi oydinlashdi. Ma’lum bo’lishicha, “Kamaz”ga ortilgan salkam 13 tonna xurmoni yuk egasi B.Asanov hech qanday hujjatlarsiz chetga olib chiqib, pullashni ko’zlagan ekan.


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM