ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Xavfli “o’yinchoqlar”
18.12.2008 10:28

Pirotexnika mahsulotlarining respublikamiz hududiga kirishi va uning ichki bozorda sotilishining oldini olish maqsadidamutasaddi tashkilotlar qatoridarepublikamiz bojxonachilariham kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqda.

Ammo ko’rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan ayrim  mo’may daromadga o’ch bo’lgan tadbirkorlar yangi yil bayrami arafasida pirotexnika mahsulotlarining bozori chaqqon bo’lishini ko’zlagan holda shu turdagi  mahsulotlarni yurtimizga olib kirishga urinishmoqda.

Yaqinda Xorazm viloyati bojxonachilari "Matiz" rusumli avtomashinani to’xtatib bojxona nazoratidan o’tkazishganda, unda fuqaro  D. Ibragimov qiymati qariyb 4 million so’mlik, Xitoyda ishlab chiqarilgan jami 230 ming 400 dona pirotexnika vositalarini noqonuniyolib ketayotganligi aniqlandi.

 Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sardoba” harakatdagi bojxona posti xodimlari“Mersedes Bents” rusumli avtobusni bojxona nazoratidan o’tkazishganda, undafuqaroB. Narzullaevga tegishli, narxi qariyb 400 ming so’mlik, 26 ming 640 dona “Treniya” nomli pirotexnika vositalarini noqonuniy ravishda olib ketilayotganliginianiqlashdi.

Shunga o’xshash holat Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan ham aniqlandi. “Mersedes Bents” rusumli avtobusni bojxona nazoratidan o’tkazishjarayonida fuqaroM. Yakubovga tegishli qiymati qariyb 2 million so’mlik, salkam 40 ming dona “Yupiter” yozuvli pirotexnika vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Toshkent viloyati “Yallama” bojxona posti xodimlari esa qo’shni davlat bilan chegaradosh hududda o’tkazilgan tadbirlar jarayonida qiymati salkam 3,5 million so’mlik, 330 ming donaga yaqin pirotexnika vositalari kontrabandasiga chek qo’yishdi. Ushbu mahsulotlarni yurtimizga olib kirishga uringan qonunbuzar esa o’z qilmishi  oqibatini kechroq bo’lsa-da anglab yetib, bojxonachilarni uzoqdan ko’rgach, yuklarini tashlagancha juftakni rostlab qoldi. 

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM