ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Valyuta kontrabandasi fosh etildi
05.01.2009 16:29
Respublikamiz bojxonachilari naqd xorijiy valyuta boyliklarining yurtimiz sarhadlari orqali noqonuniy ravishda olib o’tilishining oldini olish borasida qator chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqda.

Mamlakatimizda valyuta resurslaridan unumli foydalanish, valyuta bozorini yanada rivojlantirish maqsadida izchil islohotlar amalga oshirilayotgan bir paytda naqd xorijiy valyutalarni noqonuniy ravishda olib chiqib ketishga urinayotgan shaxslarning borligi achinarlidir. 

Yaqinda Andijon viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan yirik miqdordagi naqd xorijiy valyutalar kontrabandasiga chek qo’yildi. Qo’shni davlatga chiqib ketayotgan fuqaro  R. Qaxxorova 23 550 AQSh dollarini bojxona bayonnomasida ko’rsatmasdan yashirincha olib o’tmoqchi bo’lganligida bojxonachilar tomonidan fosh etildi. 

Farg’ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari xorijlik fuqaro N. Muratovaning noqonuniy  xatti-harakatiga chek qo’yishdi. Gap shundaki, qonunbuzar 30 300 AQSh dollarini yashirincha olib ketmoqchi bo’lgan ekan.

Shunga o’xshash holat Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan ham aniqlandi. “Samarqand-Moskva” aviareysi bilan uchib ketayotgan fuqaro L. Xodjabekova o’zini shubhali tutganligi sababli shaxsiy ko’rikdan o’tkazilgandauning yonida bojxona bayonnomasida ko’rsatilmagan jami 4 150 AQSh dollari borligi ma’lum bo’ldi.

Hozirda yuqoridagi qonunbuzarlik holatlari yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM