ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Valyuta boyliklari kontrabandasi
25.04.2008 16:35

Ma’lumki, naqd xorijiy valyutalarni davlat chegaralari orqali olib o’tishning o’z tartib qoidalari, belgilangan miqdor va me’yorlari mavjud. Ammo ayrim kimsalar amaldagi tartib-qoidalarga rioya etish o’rniga noqonuniy xatti-harakatlar qilishadi va oxir-oqibatda  esa o’z qilmishlaridan pushaymon bo’lib qolishadi.

Yaqinda Toshkent viloyatidagi “G’isht-ko’prik” bojxona kompleksi xodimlari “MAN” rusumli yuk avtomashinasini tekshiruvdan o’tkazish chog’ida shu kabi qonunbuzarlikni fosh etishdi. Haydovchi B. Abdullaev bojxona bayonnomasini to’ldirar ekan, unda o’zi bilan hech qanday naqd xorijiy valyutalarni olib ketmayotganligini qayd etgan edi. Ammo, bojxonachilar uning xatti-harakatlaridan shubhalanib, avtomashina salonini sinchkovlik bilan ko’zdan kechirishganda, ushbu shaxs  240 ming 200  Rossiya rubli va  1200 AQSh dollarini o’rindiq tagiga ustomonlik bilan yashirib, qo’shni davlatga olib chiqmoqchi  bo’lganligini aniqlashdi.

Ushbu kompleks xodimlari fuqaro I. Mavlyanovani bojxona nazoratidan o’tkazishganda, ushbu ayol 15ming 100 AQSh dollarini bojxona bayonnomasida ko’rsatmasdan qo’shni davlatga olib chiqmoqchi  bo’lganligi ma’lum bo’ldi.

Toshkent viloyatidagi “G’isht-ko’prik” bojxona kompleksi xodimlari qo’shni davlat fuqarosi A. Sartovani bojxona nazoratidan o’tkazishganda, u ham 3100 AQSh dollarini noqonuniy ravishda qo’shni davlatga olib o’tishga uringanligi oshkor bo’ldi.  

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Keles” temir yo’l bojxona posti xodimlari esa “Toshkent-Xarkov” yo’nalishi bo’yicha harakatlanuvchi poezd yo’lovchilarining qo’l yuklarini bojxona nazoratidan o’tkazishganda fuqaro Sh. Mambetova 18 150 AQSh dollarini bojxona bayonnomasida ko’rsatmasdan olib ketmoqchi bo’lganligi aniqlandi.


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM