![]() |
Davlat Madhiyasi | 31 iyul 2010 | Ðóññêèé | Bosh sahifa | Manzilimiz |
|
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
|
|
Matbuot xizmati
“Ucholmagan” valyutalar
27.07.2009 17:43
Naqd xorijiy valyutalarni bojxona chegaralari orqali noqonuniy
ravishda olib o’tishga urinuvchi kimsalarni valyuta bozorini rivojlantirish borasida
olib borilayotgan islohotlarning samarasi emas, balki, mo’may daromad ko’proq qiziqtiradi.
Respublikamiz bojxonachilari esa faqat o’z manfaatini o’ylaydigan va noqonuniy xatti-harakatdan
qaytmaydigan ana shunday shaxslarni fosh etmoqdalar.
“Toshkent xalqaro aeroporti” bojxona postida yirik
miqdordagi naqd xorijiy valyutalarni noqonuniy olib o’tish bilan bog’liq holatlar
qayd etildi. Poytaxtdan Kuala Lumpurga uchishga shaylangan qo’shni davlat fuqarosi
D. Grachevning parvozi boshlanmasdan turib yakun topdi. Chunki, u bojxona bayonnomasida
qayd etmasdan turib, 3300 AQSh dollarini sumkasida yashirincha olib chiqishga uringan
ekan.
Shu kabi qonunbuzarlardan yana biri V.Arzikulova naqd horijiy valyutalarni yashirgancha Istambulga uchishni rejalashtirgan edi. Ammo, bundan o’zi pand yedi, xolos. Ayolning qo’l sumkasidagi 3500 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olib qo’yildi. Sankt-Peterburgga uchayotgan respublikamiz fuqarosi D.Saitmuradova ham bojxonachilarga chap bermoqchi bo’lib yanglishdi. “Toshkent xalqaro aeroporti” bojxona posti xodimlari ayolning sumkasida 180 ming Rossiya rubli yashirilganligini aniqlashdi. Toshkent viloyati bojxonachilari ham yirik miqdordagi naqd valyutalarning noqonuniy olib o’tilishiga chek qo’yishdi. “Navoiy” bojxona postidan yurtimizga kirib kelayotgan fuqaro M.Nazarova bojxonachilarni chalg’itishga urinib, 5400 AQSh dollarini ko’ylagining ichki qismiga qadab olgan ekan. Ammo, bu hali hammasi emas. Sergak bojxonachilar tekshiruv chog’ida ayolningnimchasicho’ntagida13,5mingqozoq tengesiham yashirilganini aniqlashdi. Ayon bo’lishicha, ushbu qonunbuzar xorijiy valyutalarni bojxona bayonnomasida qayd etmasdan olib chiqishni mo’ljallagan ekan. |
| Barcha huquqlar himoyalangan. O'zR DBQ. © 2006 - 2007 Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan |