ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Tillafurushlar
30.12.2009 15:45

Respublikamiz bojxonachilari zargarlik buyumlarining yurtimiz chegaralari orqali noqonuniy ravishda olib o’tilishining oldini olish borasida qator chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqda. Jumladan, Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari tomonidan tilla buyumlarni noqonuniy olib o’tishga urinayotgan kimsalar o’z vaqtida fosh etilmoqda.

       “Kiev-Toshkent” yo’nalishi bo’yicha uchib kelgan fuqaro  F.Yunusovaning qo’l yuklarini bojxona nazoratidan o’tkazish chog’ida, ularning orasidan narxi 6 million so’mdan ortiqni tashkil etuvchi vazni 140,8 gramm bo’lgan 18 xil qimmatbaho zargarlik buyumlari yashirib qo’yilganligi aniqlandi.
            Istambuldan qaytgan fuqaro A.Nuriddinov esa bojxona bayonnomasida ko’rsatilmagan, qiymati salkam 5 million so’mni tashkil etuvchi, vazni 153 gramm bo’lgan 64 dona qimmatbaho zargarlik buyumlarini yo’l sumkasiga yashirgancha  bojxonachilarga chap berib, olib o’tmoqchi bo’lgan ekan.
         Ushbu yo’nalish bo’yicha uchib kelgan yana bir fuqaro A.Sharasulov ham qo’l yuklari orasiga bojxona bayonnomasida ko’rsatilmagan vazni 180 grammga yaqin 16 dona qimmatbaho zargarlik buyumlarini yashirgancha  yurtimizga olib kirmoqchi bo’lganligi fosh etildi.
           Turkiyadan bolalar krovati olib qaytayotgan R.Artikova «Toshkent-Aero» ixtisoslashgan bojxona kompleksi xodimlari qarshisida yer chizib qoldi. Chunki, u krovatining temir qismlari ichiga umumiy og’irligi 317 gramm bo’lgan, qiymati salkam 7 million so’mlik 63 dona zargarlik buyumlarini ustomonlik bilan joylab, yashirincha olib o’tishni ko’zlagan ekan. Ammo, uning bu nayrangi o’ziga pand berdi, xolos.


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM