![]() |
Davlat Madhiyasi | 31 iyul 2010 | Ðóññêèé | Bosh sahifa | Manzilimiz |
|
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
|
|
Matbuot xizmati
Spirtli “Neksiya”
02.10.2009 17:29
Mirzaobod tumani hududida
joylashgan K. Tagaevning xonadoni qonunchilikda
belgilangan tartibda tekshiruvdan o’tkazilganda, u yerda qiymati 1,5 mln. so’mdan
ziyod xorijda ishlab chiqarilgan 816 litr spirt mavjudligi aniqlandi. Yuklarning
egasi Z.Jo’raev esa mazkur spirtga taalluqli bironta ham rasmiy hujjatlarni bojxonachilarga
taqdim qila olmadi.
Navoiylik bojxonachilar ham alkogolli mahsulotlarning noqonuniy aylanmasiga o’z vaqtida chek qo’yishmoqda. Konimex tumanidagi aylanma yo’llardan birida harakatlanayotgan “Neksiya” rusumli avtomashina bojxona nazoratidan o’tkazilganda salkam 900 litr spirtning noqonuniy olib ketilayotganini fosh bo’ldi. 600 ga yaqin 1,5 litrlik sig’imdagi yelim idishlarga solingan, qiymati 2 million so’mdan ortiq ushbu mahsulot haydovchi Sh. Eshmamatovga tegishli ekan. Mazkur tumanda aniqlangan yana bir holatda esa bojxonachilar tag’in 900 litr spirt kontrabandasiga chek qo’yishdi. Fuqaro Sh. Shamsiev o’zi boshqaruvidagi “Neksiya” avtomashinasida 600 dona yelim idishlarga solingan, qiymati 2, 25 mln. so’mlik ushbu spirtni tegishli hujjatlarsiz olib ketayotgan ekan. Agarda ushbu sifati kafolatlanmagan mahsulotlarning iste’molga chiqarilishiga yo’l qo’yilganida ko’plab ayanchli hodisalar kelib chiqishi tayin edi. Afsuski, yuqoridagi xonadon egasi ham, haydovchilar ham ayni haqiqatni bilib turib, huquqbuzarlikka yo’l qo’yishgan. |
| Barcha huquqlar himoyalangan. O'zR DBQ. © 2006 - 2007 Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan |