ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
“Spirt” operatsiyasi fosh etildi
12.02.2009 10:40

           Respublikamiz bojxonachilari yurtimiz hududiga sifati kafolatlanmagan spirt va alkogol mahsulotlarning noqonuniy olib kirilishiga qarshi qator chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqda.

           Yaqinda navoiylik bojxonachilar yirik miqdordagi spirtning noqonuniy olib kirilishiga chek qo’ydilar. Tomdi tumanida harakatlanayotgan “UAZ” avtomashinasini bojxona nazoratidan o’tkazilganda unga qiymati 2 million so’mdan ortiqni tashkil etuvchi, qariyb 1400 litr spirt yuklanganligi va u G’ijduvon tumaniga olib ketilayotganligi aniqlandi. Ma’lum bo’lishicha yosh bo’lishiga qaramay egri qadamni kattaroq tashlagan spirtning egalari A.Qo’ziev va A.Mirzaevlar mingdan ortiq yelim ishdishlardagi bu mahsulotni qayta sotish maqsadida Qozog’istondan yurtimizga olib kirishgan ekan. 
           Sirdaryo tumanida hududidagi yo’llarning birida to’xtab turgan “VAZ-2108” avtomobilini tekshiruvidan o’tkazgan viloyat bojxonachilari unda fuqaro N.Parmanovga tegishli 825 litr spirt mahsuloti borligini aniqlashdi. Tegishli hujjatlari bo’lmagan 1 million 650 ming so’m qiymatidagi sifati kafalatlanmagan bu mahsulot 550 dona yelim idishlarga joylangan ekan.
            Hozirda yuqoridagi qonunbuzarlik holatlari yuzasidan surishitiruv ishlari olib borilmoqda.


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM