ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Spirt “operatsiyasi”
15.05.2009 18:07

        Respublikamiz bojxonachilari spirt mahsulotlarining yurtimiz chegaralari orqali noqonuniy olib o’tilishi va saqlanishiga qarshi qator chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqda.
        Qashqadaryo viloyati bojxonachilari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda o’tkazilgan tezkor tadbir davomida noqonuniy saqlanayotgan yirik miqdordagi spirt mahsulotlarini fosh etishdi.

         Chiroqchi tumani hududida joylashgan Egamberdi Karimovning xonadoni qonunchilikda belgilangan tartibda tekshiruvdan o’tkazilganda, u yerda qiymati qariyb 1 million 300 ming so’mga yaqin xorijda ishlab chiqarilgan 200 litr spirt mavjudligi aniqlandi. Xonadonga jamlab qo’yilgan 270 dona turli bo’sh shisha idishlar esa ushbu spirt qo’lbola aroqlar tayyorlash maqsadida keltirilganini fosh etib turibdi.
         Mazkur tumanda aniqlangan yana bir holatda esa bojxonachilar 220 litrga yaqin spirt kontrabandasiga chek qo’yishdi. Fuqaro S.Abdug’affarov o’zi boshqaruvidagi “ZIL” yuk mashinasida 167 dona yelim idishlarga solingan, qiymati 600 ming so’mga yaqin ushbu spirtni tegishli hujjatlarsiz olib ketayotgan ekan.
          Agarda ushbu sifati kafolatlanmagan mahsulotlarning iste’molga chiqarilishiga yo’l qo’yilganida ko’plab ayanchli hodisalar kelib chiqishi tayin edi. Afsuski, yuqoridagi xonadon egasi ham, haydovchi ham ayni haqiqatni bilib turib, huquqbuzarlikka yo’l qo’yishgan.



 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM