ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Soxta tangashunoslar
18.09.2009 10:48
     Tarixiy va badiiy qiymatga ega bo’lgan buyumlarning  yurtimizdan noqonuniy ravishda olib o’tilishiga qarshi kurash borasida Davlat bojxona qo’mitasi  xodimlari tomonidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
       Yaqinda, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari bir nechta holatda katta miqdordagi tarixiy, madaniy va badiiy qiymatga ega bo’lgan nodir buyumlarning chetga olib chiqilishini oldini olishdi.
         Yurtimizdan chiqib ketayotgan Afg’oniston fuqarosi A. Abdul Razoq bojxona bayonnomasini to’ldirar ekan, negadir  avtomobilining yukxonasidagi samovarni qayd etishni “unutibdi”. “Ayritom” bojxona kompleksi xodimlari esa buning tagiga yetishdi. Narxi salkam 1,1 mln. deb baholangan ushbu samovar shunchaki xo’jalik buyumi emas, aksincha tarixiy qiymatga ega, XIX-XX asrning 2 yarmiga taalluqli nodir samovar ekan.
         Post inspektorlari Abdul Razoqning yurtdoshi X. Toraxonning qing’ir qilmishlariga ham chek qo’yishdi. Uning qo’l sumkasidan qadimiyligi jihatdan samovardan qolishmaydigan, oq metaldan yasalgan tarixiy tangalar topildi. Qiymati 1 mln. so’mdan ortiq ushbu 14 dona tangalar (XIX-XX asrning birinchi yarmi) ni qonunbuzar yashirin tarzda yurtimizga olib kirishni ko’zlagan ekan.
        Qo’shni davlat fuqarosi X. Jubaniyozova ashaddiy “tangashunos”lardan bo’lib chiqdi. Afg’onistondan yurtimizga kirayotib bu ayol yonida bojxona bayonnomasida qayd etganidan tashqari valyuta yoki valyuta qiymatiga ega bo’lgan tovarlari yo’qligini ma’lum qiladi. Ammo, ayolning qo’l sumkalari bojxona ko’rigidan o’tkazilganida, bayonnomada ko’rsatilmagan tarixiy tangalar yashirilgani ma’lum bo’ldi. Oq metaldan yasalgan, qiymati salkam 5.2  mln. so’mga teng ushbu tangalar oz emas-ko’p emas naqd 173 dona ekan.
       Badiiy ekspertizaga taqdim etilgan ushbu buyumlarni o’rganib, tahlil qilish jarayonida ular XIX asr va XX asrning birinchi yarmida zarb etilganligi ma’lum bo’ldi.
       Toshkent shahar bojxonachilari fuqaro Sh. Akifumi tomonidan bir qancha nodir adabiyotlarning Yaponiyaga jo’natib yuborilishining oldini olishdi. O’tgan asrning o’rtalarida chop etilgan, tarixiy va badiiy mazmundagi ushbu kitoblarni O’zbekiston Respublikasining 1998 yil         28 avgustdagi  “Madaniy boyliklarni olib chiqish va olib kirish to’g’risida”gi Qonunining 8 moddasiga ko’ra respublikamiz xududidan olib chiqish  ta’qiqlangan. Ammo, qonunbuzar buni go’yoki “bilmas” emish. 

 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM