ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Soxta kinokur'erlar
17.02.2010 18:17

Zamonaviy texnologiyalarning shiddat bilan hayotimizga kirib kelishi axborotning keng qamrovda qulay va erkin yoyilishiga xizmat qilmoqda. Ammo, tanganing ikkinchi tomoni bo’lgani kabi, zamonaviy axborot texnologiyalaridan mo’may daromad ilinjida foydalanib qolishga urinuvchi kimsalar ham yo’q emas.

         Xususan, bugun mamlakatimiz va horijda tayyorlangan filmlar, turli kontsertlar va boshqa materiallarni noqonuniy ravishda ko’paytirib sotayotgan videoqaroqchilar mualliflikka oid huquqlarni qo’pol ravishda buzayotganliklarini yoki bo’lmasa horijning ur-yiqit, shovqin-suronli va ba’zida behayo filmlarini keng tarqatish orqali yoshlarimiz ma’naviyatiga jiddiy putur yetkazish mumkinligi haqida bilisharmikan?
         Toshkent viloyati bojxonachilari va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan o’tkazilgan tezkor tadbirlar chog’ida turli media mahsulotlarni noqonuniy ko’paytirib sotayotgan soxta tadbirkorlar fosh etildi.
       Viloyatning Yangiyo’l tumanidagi buyum bozorida o’tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqarolar Jamshid So’piev va Timur Djappirovning noqonuniy hatti-xarakatlariga chek qo’yildi. Qonunbuzarlardan biri Jamshid So’piev qiymati salkam 4 mln. 250 ming so’mlik 2 ming donadan ortiq turli xil mazmundagi DVD  disklarini sotayotganligi aniqlangan bo’lsa, yana biri Timur Djappirov esa turli xorijiy va o’zbek filmlari, multfilmlar, musiqa va kontsertlar yozilgan salkam 700 dona DVD  disklar bilan savdo qilayotganda to’xtatib qolindi.
     Andijon viloyati bojxonachilari, “O’zbekkino” Milliy agentligining viloyat bo’limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda birgina dekabr oyida o’tkazilgan tezkor tadbirlar davomida aniqlangan 12 ta qonunbuzarlik holatida  salkam 5 ming dona turli sotishga yaroqsiz, shuningdek, ma’naviyatimizga va milliy qadriyatlarimizga zid deb topilgan disklar qonunbuzarlardan daliliy ashyo sifatida olib qo’yilgan.
      Qiymati salkam 9 million so’mlik ushbu ayoshviy dalillar o’rnatilgan tartibda, yoqib tashlash yo’li bilan yo’q qilindi.


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM