ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 6 sentabr 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Soxta "adabiyot"lar
01.03.2010 12:17

Bugungi kunda dunyoda biror diniy birlashma vakillarining o’z e’tiqodini boshqa din vakillari orasida yoyish ya’ni missionerlik xarakati kirib bormagan mamlakat bo’lmasa kerak . Ayniqsa, missionerlikdan siyosiy qurol yoki iqtisodiy daromad manbai sifatida foydalanish keskin nizolarning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Mamlakatimizda vijdon erkinligi,  har kimning o’z hohlagan diniga e’tiqod qilishi huquqi qonuniy mustahakamlab qo’yilgan. Shu bilan bir qatorda, diniy qarashlarni majburan singdirish ta’qiqlanadi. Ushbu maqsadga xizmat qiluvchi va missionerlik alomatlari mavjud bo’lgan har qanday diniy adabiyotlar yurtimiz hududiga olib kirilishi mumkin emas. 

        Shunga qaramay, olib kirish ta’qiqlangan diniy adabiyotlarni yashirincha olib o’tishga urinayotgan qonunbuzarlar ham uchrab turibdi. Respublikamiz bojxonachilari tomonidan diniy adabiyotlarning noqonuniy ravishda olib o’tilishiga qarshi qator chora-tadbirlar olib borilmoqda.
      “Moskva-Buxoro” yo’nalishida uchib kelgan fuqaro R.Rahmatovning qo’l yuklari bojxonachilar tomonidan tekshirilganda, O’zbekiston Respublikasiga olib kirilishi ta’qiqlangan “Hayotimiz taqdir qo’lidami yoki Xudo oldida javobgarmizmi?” hamda “Jizn v mirnom novom mire” sarlavhali 2 dona broshyuralar borligi aniqlandi.
        Rossiya federatsiyasidan Buxoroga qaytayotgan M. Mahmudova ham o’zi bilan negadir 2 dona “Iegovo shohidlari” ta’limoti to’g’risidagi disklarni  olib kelibdi. Ammo, bu ayol bu adabiyotlar yurtimizda ta’qiqlanganini bilarmikan?
       Qo’shni davlat fuqarosi J. Begaliev ham bojxona bayonnomasida qayd etmagan holda 4 dona diniy mavzudagi DVD va 1 dona Flash disklarni  yashirincha olib kirishga uringanida Toshkent viloyati bojxonachilari tomonidan to’xtatib qolindi. Shuningdek, viloyat bojxonachilari farg’onalik M. Teshaboevani ham 5 xil nomdagi 6 dona  diniy adabiyotlarni yashirincha olib kirishga uringanda fosh etishdi.
       Surxondaryo viloyati bojxonachilar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda o’tkazilgan tadbir davomida, mamlakatimiz hududidan tranzit tarzida o’tayotgan “Mersedes Bents” yuk avtoulovini bojxona nazoratidan o’tkazildi. Natijada avtoulov tirkamasida hujjatlarda qayd etilmagan va qiymati salkam 4.4 mln. so’mlik 156 dona diniy adabiyotlar va 4 dona diniy mazmundagi audio kassetalar yashirincha olib o’tilayotganligi fosh etildi.
        Namanganlik bojxonachilar ham hamkorlikdagi tadbirlar davomida noqonuniy ravishda olib ketilayotgan yirik miqdordagi diniy adabiyotlarni to’xtatib qolishdi. “Toshkent-Farg’ona” yo’nalishida harakatlanayotgan fuqaro B.Nishonov boshqaruvidagi “Neksiya” bojxona nazoratidan o’tkazilganda, unda Germaniyada chop etilgan 6 turdagi 1212 dona turli mazmundagi diniy adibiyotlar yashirincha olib ketilayotganligi aniqlandi. Nomlanishiga ko’ra, “Iegovo shohidlari” diniy ta’limotiga oid qiymati 6 mln. so’mdan ziyod mazkur diniy adabiyotlar farg’onalik A.Asanovga tegishli ekan. 
      
Hozirda ushbu qonunbuzarlik holatlari yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM