ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Sifatiga kim kafil?
07.07.2009 16:17
        Yurtimizga olib kirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari avvalo sifatli bo’lishi va qonuniy tarzda import qilinishi kerak. Tegishli ruxsat va sifat kafolatiga ega bo’lmagan oziq-ovqatlarni iste’mol qilish esa ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
    Respublikamiz bojxonachilari sifati kafolatlanmagan, tegishli hujjatlari bo’lmagan oziq-ovqat mahsulotlarining ichki bozorga kirib kelishining oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqda.
     Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda Mirzaobod tumanidagi M.Xolikova xonadonini qonunchilikda belgilangan tartibda ko’zdan kechirishdi. Natijada, hovlida samarqandlik N.Nurillaeva hamda T.Saidmuradovalarga tegishli 5 tonnaga yaqin tovuq go’shti noqonuniy tarzda saqlanayotganligi ma’lum bo’ldi. Ammo, xonadon egasi ham, yuk egalari ham qiymati salkam 17 million so’mga yaqin ushbu oziq-ovqat mahsulotlariga tegishli bironta ham hujjatni bojxonachilarga taqdim qila olishmadi.
     Xuddi shu ko’yga tushgan fuqaro Z.Xolboev ham Toshkent viloyati bojxonachilari tomonidan fosh etildi. U bojxona rasmiylashtiruvidan o’tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo’lmaganva qiymati salkam 8 million so’mni tashkil qiluvchi 2 tonnadan oshiq tovuq go’shtini noqonuniy olib kirishga uringan edi.
     Respublikamiz bojxonachilari tomonidan joriy yilning o’tgan 5 oyi davomida oziq-ovqat mahsulotlarini noqonuniy olib o’tishga oid 1800 dan oshiq  huquqbuzarlik holatlari aniqlangan

 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM