ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Sifatiga kim kafil ?
26.01.2009 20:07

         Yurtimizga olib kirilayotgan dori-darmon, farmatsevtika mahsulotlari avvalo sifatli bo’lishi va qonuniy tarzda import qilinishi kerak. Tegishli ruxsat va sifat kafolatiga ega bo’lmagan dorilarni iste’mol qilish esa ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

         Respublikamiz bojxonachilari sifati kafolatlanmagan, tegishli hujjatlari bo’lmagan dori-darmon hamda oziq-ovqat mahsulotlarining ichki bozorga kirib kelishining oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqda. Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari fuqaro  B.Usmonovni bojxona nazoratidan o’tkazishganda, u jenshen ildizidan olingan 5700 quti suyuq holdagi dorilarni hech qanday hujjatlarsiz olib kelayotganligini aniqlashdi. Hozirda qiymati 6 million so’mga yaqin ushbu dori vositalari bilan bog’liq qonunbuzarlik holati yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
          Yaqinda jizzaxlik bojxonachilar sifati kafolatlanmagan tovuq go’shtini ichki bozorga noqonuniy olib kirilishining oldini olishdi. Jizzax tumanida harakatlanayotgan haydovchi D.Soatov boshqaruvidagi “GAZ-53” rusumli yuk mashinasini bojxona nazoratidan o’tkazilganda, unga 7 tonnadan oshiq tovuq son go’shtlari yuklanib, hech qanday hujjatlarsiz olib ketilayotgani aniqlandi. Surishtiruvlar chog’ida ma’lum bo’lishicha, qiymati qariyb 21 million so’mni tashkil qiluvchi ushbu oziq-ovkat mahsulotlari jizzaxlik M.Orziqulova, T.O’rinbaeva va M.Niyazmatovalarga tegishli ekan.    
         Hozirda yuqoridagi qonunbuzarlik holati yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

 

    

 


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM