ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Shokoladli “Ford”, tovuqli “Gaz 31”
13.03.2009 15:40

Respublikamiz bojxonachilari yurtimiz hududiga sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlarining olib kirilishiga qarshi qator chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqda. 

           Yaqinda Jizzax viloyati bojxonachilari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda 2 ta holatda hech qanday hujjatlarsiz olib ketilayotgan qariyb 1 tonnaga yaqin shokolad mahsulotlarini to’xtatib qolishdi.
        Davlat tilida markalanmagan va sifat sertifikatiga ega bo’lmagan bu shirinliklar “Ford” rusumli mikroavtobusga yuklangan holda qayta sotish maqsadida olib ketilayotgan ekan. Qiymati 10 million so’mdan oshiq ushbu shokoladlarning egalari fuqarolar M.Raimov va A.Latipovlar ekan.
         Yangiyo’l tumanidagi aylanma yo’llardan birida harakatlanayotgan      “Gaz 3110” rusumli avtomashinani nazoratidan o’tkazgan Toshkent viloyati bojxonachilari qiymati 3,5 million so’mga yaqin oziq-ovqat mahsulotlarining noqonuniy ravishda ichki bozorga kiritilishiga chek qo’yishdi.  Fuqaro  M.Mavlyanov sifati sertifikati va tegishli hujjatlari bo’lmagan 1 tonnadan oshiq tovuq go’shtlarini olib ketayotgan. 
          Hozirda yuqoridagi qonunbuzarlik holatlari yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM