ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Savdosi “pishmagan” pishloqfurushlar
10.08.2009 10:47

         Jazirama yoz oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga yanada e’tiborli bo’lishimizni talab etadi. Ayniqsa,  noto’g’ri sharoitlarda saqlangan sut va go’sht mahsulotlari tezda aynib qolishi va natijada iste’molchi salomatligi uchun jiddiy xavf tug’dirishi mumkin.
          Respublikamiz bojxona xodimlari esa yurtimiz hududiga sifati kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlarini noqonuniy olib  kirilishining oldini olish borasida qator chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqda.    

      Toshkent viloyati bojxonachilari 3 ta holatda yirik miqdordagi sifati kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlari kontrabandasiga chek qo’yishdi.
      Toshkent tumanidagi aylanma yo’llardan birida harakatlanayotgan fuqaro N.Ochilov boshqaruvidagi “Vaz 2106”avtomashinasi bojxona tekshiruvidan o’tkazilganda, unga umumiy qiymati 4.5 mln. so’mdan ziyod 5 xil turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hech qanday hujjatlarsiz ortilgani ayon bo’ldi.
        Quyi Chirchiq tumanida esa 3.5 tonnadan ortiq tovuq go’shti ortilgan “Gaz-53”ning safari erta qaridi. Fuqaro G’.Usmonov xorijdan keltirilgan va qiymati 13 mln. so’mdan ortiq ushbu mahsulotlarga tegishli bironta ham hujjatni bojxonachilarga taqdim qila olmadi.
        Farg’onalik bojxonachilar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari tomonidan rishtonlik N.Meliboeva xonadoni qonunchilikda belgilangan tartibda ko’zdan kechirilganda, u yerda horijdan keltirilgan 1.5 tonnadan ortiq tovuq go’shti hech qanday hujjatlarsiz saqlanayotgani ma’lum bo’ldi. Qog’oz qutilarga joylangan ushbu mahsulotlarning qiymati 5.3 mln. so’mdan ziyodni tashkil qilar ekan.
        Toshkent shahridagi omborxonalardan birini tegishli tartibda ko’zdan kechirgan bojxonachilar yirik miqdordagi pishloqning noqonuniy saqlanayotganini fosh etishdi. Fuqaro A.Abduvalievga tegishli mazkur omborga 400 ga yaqin qutilarda og’irligi salkam 5.5 tonna pishloq yashirilgan ekan. Bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi hujjatlari bo’lmagan ushbu oziq-ovqat mahsulotining qiymati 76 mln. so’mdan ziyodni tashkil qildi.
        Davlat bojxona qo'mitasi
Matbuot xizmati

 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM