ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Salomatlik muhimmi, mo’may daromad?
15.04.2009 10:07

        Sifatsiz dori-darmon va farmatsevtika mahsulotlari inson uchun eng aziz ne’mat – sihat-salomatlikka jiddiy xavf tug’dirishi shubhasiz. Chunki, har xil sharoitlarda va belgilangan me’yorlarga rioya qilinmagan holda tashiladigan, olib kelinadigan dorilar shifo o’rniga kasallikni yanada kuchaytirib yuborishi mumkin. Afsuski, ushbu oddiy haqiqatdan ko’z yumgan ayrim kimsalarni yurtdoshlarimizning salomatligidan ko’ra, mo’may daromad ko’proq qiziqtiradi.

         Respublikamiz bojxonachilari sifatsiz dori-darmon va farmatsevtika mahsulotlari kontrabandasiga qarshi kurashish borasida qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqdalar.
        Yaqinda Jizzax viloyati bojxonachilari yashirincha olib ketilayotgan yirik miqdordagi turli xil dori-darmonlarning manzilga yetkazilishining oldini olishdi. Do’stlik tumani hududida harakatlanayotgan davlat belgisi 22 R 08-40 raqamli “Kamaz” yuk avtomashinasi bojxona nazoratidan o’tkazilganda, unga  salkam 140 ming dona turli dori vositalari yuklanganligi aniqlandi. Tegishli hujjatlari bo’lmagan va davlat tilida markalanmagan “Fitolizin”, “Xilak-Forte”, “Mildronat”, “Yodomarin”, “Biseptol” kabi 15 xildan ortiq dori-darmonlar farmatsevtika mahsulotlarni yetkazib berish talablariga umuman amal qilinmagan holda ya’ni, yuk mashinasidagi ehtiyot qism va anjomlar uchun mo’ljallangan yasama temir qutilarda olib ketilayotgan ekan. Haydovchi S.Masharibov esa  qariyb 29 million so’mlik dori vositalarini mashinasiga ortishdan avval ularga tegishli hujjatlar u yoqda tursin, yuk egasining shaxsi bilan ham qiziqib ko’rmagan emish. Qiziq, amaldagi tartib-qoidalarga rioya qilmasdan, kim nimani yuklasa, tashib ketaveradigan haydovchining bu hatti-xarakatini qanday izohlash mumkin?
         Ta’kidlash joizki, respublikamiz bojxonachilari tomonidan olib borilayotgan qator chora-tadbirlar natijasida joriy yilning birinchi choragi davomida 40 dan ortik holat aniqlanib, qariyb 85 million so’mlik dori-darmon va farmatsevtika mahsulotlarining noqonuniy olib o’tilishiga chek qo’yildi.


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM