![]() |
Davlat Madhiyasi | 31 iyul 2010 | Ðóññêèé | Bosh sahifa | Manzilimiz |
|
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
|
|
Matbuot xizmati
«RIA Novosti»dan tarqalgan “epidemiya”
25.09.2009 12:22
22 sentyabr
kuni xorijiy “RIA Novosti” axborot agentligi “O’zbekiston Turkmanistondan qishloq
xo’jalik mahsulotlarini olib kirishni taqiqlabo’ydi” sarlavhali xabarni tarqatgan
edi.
Xorazm viloyati hokimligidagi
manbaga asoslangan holda agentlik ushbu maqolada Turkmanistonda xavfli epidemiologik
vaziyat yuzaga kelgani bois O’zbekiston hukumati O’zbekiston-Turkmaniston chegarasi
orqali go’sht va sut mahsulotlarini, teri, jun va qishloq xo’jaligida foydalaniladigan
hayvonlarni o’tkazishni vaqtincha to’xtatib qo’yganligini ta’kidlaydi.
Ismini oshkor etmagan mahalliy hokimiyat vakili ushbu cheklash viloyatda gemarragik virus bezgagi tarqalish xavfining oldini olish maqsadida viloyat favqulodda epidemiyaga qarshi komissiyaning qarori bilan kiritilgan deya axborot bergan. Ammo, mazkur virus bilan kasallangan va shu sababli vafot etgan odamlar soni haqida ma’lumot berishdan bosh tortgan. Maqolaning keyingi mazmuniga ko’ra, ayni paytda viloyat aholisi o’rtasida kuchaytirilgan tarzda epidemiyaga qarshi kurash, tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Ayniqsa, mahalliy ommaviy axborot vositalariga xavfli virus profilaktikasiga doir maqolalar, ijtimoiy roliklarni muntazam yoritish tavsiya qilingan ekan. “RIA Novosti” axborot agentligining veb-saytida e’lon qilingan mazkur maqolaning qanchalik xolis va haqqoniyligini o’rganish maqsadida Davlat bojxona qo’mitasi tomonidan Xorazm viloyat hokimligiga (O.Olloberganov), viloyat veterenariya boshqarmasiga (Sh.Durdiev), viloyatning Bosh davlat sanitariya vrachi X.S.Urazbaevaga hamda viloyat teleradiokompaniyasiga (B.Sultonov) tegishli tartibda murojaat qilindi. Murojjatlarga javoban olingan va tasdiqlangan axborotlar esa “RIA Novosti” tarqatgan yuqoridagi xabarning mutlaqo asossiz ekanligini isbotlab berdi. Tabiiyki savol tug’iladi, “RIA Novosti”ning aniq fakt va dalillarga asoslanmagan yohud isbotlanmagan ushbu xabarni tarqatishdan ko’zlagan maqsadi nima edi? Millionlab internet foydalanuvchilarida noto’g’ri tasavvurni shakllantirishmi yoki azal-azaldan qon-qarindosh, ahil qo’shni bo’lib kelgan ikki davlat orasiga nifoq solishmi? Davlat bojxona qo’mitasi
|
| Barcha huquqlar himoyalangan. O'zR DBQ. © 2006 - 2007 Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan |