ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Restoranmi yoki pishloq ombori?
03.01.2010 13:50

Yangi yilda dasturxonni turfa oziq-ovqatlar bilan bezash ishtiyoqi yanada ortadi. Ammo, bu oziq-ovqatlarni tanlashda e’tiborni susaytirishga sabab bo’lmasligi lozim. Xarid qilinayotgan oziq-ovqatlarning sifat kafolati bilan qiziqib ko’rish turli yuqumli, oshqozon-ichak kasalliklarining oldini oladi va bayramning ko’ngildagidek o’tishiga xizmat qiladi. Yurtdoshlarimizni sifati kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlaridan himoya qilish maqsadida bir qator mutasaddi tashkilotlar qatorida respublikamiz bojxonachilari ham qator chora-tadbirlar olib borishmoqda.

         Sirdaryo viloyati bojxonachilari 2 ta holatda sifati kafolatlanmagan salkam 700 kg. shokoladning keng iste’molga chiqarib yuborilishining oldini olishdi. Huquqbuzarlardan biri X.Boynazarova qariyb 2 ming dona “Snikers” markali shokoladlar bilan Baxt shahridagi yo’l chetida,  yana biri Sh.Elmurodov esa qariyb 11 ming dona shu xildagi shokoladni qo’shni davlatdan yurtimizga olib kirishga uringan paytda Xovos tumanidagi aylanma yo’lda “Vaz-2108” avtomashinasida  bojxonachilarga “duch” kelishdi.
          Toshkent viloyati bojxonachilar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari tomonidan o’rta chirchiqlik S.Xaitboevning xonadoni qonunchilikda belgilangan tartibda ko’zdan kechirilganda, u yerda horijdan keltirilgan 1.5 tonna tovuq go’shti hech qanday hujjatlarsiz saqlanayotgani ma’lum bo’ldi. Qog’oz qutilarga joylangan ushbu mahsulotlarning qiymati 6 mln. so’mni tashkil qilar ekan.
        “Toshkent-Buxoro” yo’nalishidagi “Merseds-Bents” avtobusini bojxona nazoratidan o’tkazgan samarqandlik bojxonachilar fuqaro N.Berdiyarovning noqonuniy harakatlariga chek qo’yishdi. Qarangki, ushbu yo’lovchining qo’l yuklari atigi 1.5 tonna tovuq  oyoqlari bo’lib chiqdi. Boz ustiga, sifati kafolatlanmagan va bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi bironta ham hujjatga ega emas.
          “Saratov-Toshkent” poezdining restoranini ko’zdan kechirgan Qoraqalpog’iston Respbulikasi bojxonachilari avvaliga pishloq omboriga kirib qolgandek bo’ldilar. Ma’lum bo’lishicha, restoran uchun ma’sul shaxs A.Akunov xorijda yetishtirilgan va qiymati 7 mln. so’mdan ziyod 4 xil turdagi  salkam 700 kg. pishloqni noqonuniy olib kirish uchun xizmat vazifasini sui’stemol qilishga uringan ekan. Poezddagi yana bir yo’lovchi Q.Uzakovning qora qilmishlariga ham o’z vaqtida chek qo’yildi. Uning umumiy narxi salkam 11 mln. so’mlik 15 xil turdagi, jami 825 kg oziq-ovqat maxsulotlarini noqonuniy olib kirishga uringani o’z vaqtida fosh etildi.
         Bulung’ur tumanida esa 10 tonnadan ortiq tovuq go’shti ortilgan “Merseds-Bents” avtobusining safari erta qaridi. Fuqaro V.Raupov ushbu avtobusga ortilgan, qiymati 42mln. so’mdan ortiq ushbu horijiy mahsulotlarga tegishli bironta ham hujjatni bojxonachilarga taqdim qila olmadi.


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM