![]() |
Davlat Madhiyasi | 31 iyul 2010 | Ðóññêèé | Bosh sahifa | Manzilimiz |
|
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
|
|
Matbuot xizmati
“Quyon” bo’lgan spirtchilar
20.07.2009 17:37
Respublikamiz bojxonachilari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari
bilan hamokorlikda yurtimiz hududiga sifati kafolatlanmagan spirt va alkogol mahsulotlarning
noqonuniy olib kirilishiga qarshi qator chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqda.
Voqea joyi belgilangan tartibda ko’zdan kechirilganda esa, u yerda 79 ta polietilen qoplarga joylashtirilgan har biri 1,5 litr hajmli 1880 dona yelim idishlardagi spirt noqonuniy ravishda yurtimizga olib kirilayotgani ma’lum bo’ldi. Aniqlanishicha, 3000 litrga yaqin ushbu spirt mahsulotining qiymati salkam 3.5 million so’mni tashkil qilar ekan. Xuddi shunday holat Toshkent tumanidagi aylanma yo’llardan birida ham sodir bo’ldi. Bu gal qonunbuzarlar 1250 litr pivo va turli qandolat mahsulotlari ortilgan “Uaz 452”avtomashinasini tashlab, “quyon” bo’lishgan. Hech qandan hujjatlari bo’lmagan ushbu mahsulotlarni yashirincha olib kirishga uringan kimsalar oqibatda o’zlari pand yeyishdi, xolos. Arnasoy harakatdagi bojxona posti xodimlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda o’tkazilgan tadbir jarayonida yirik miqdordagi spirt kontrabandasiga chek qo’yildi. Xorazmga yo’l olgan fuqaro M. Xudoyberganov boshqaruvidagi “Kamaz”ning yukxonasi tekshirilganda, oz emas-ko’p emas, naqd 2 tonna spirt mahsuloti hech qanday hujjatlarsiz olib ketilayotgani ma’lum bo’ldi. 12 dona turli sig’imdagi yelim idishlarga solingan ushbu mahsulotni haydovchi notanish kimsalarning iltimosiga binoan olib ketayotganini qayd etdi. Ammo, tirikchilik deya o’zgalarning iltimosini bajarish uchun qonunbuzarlikka yo’l qo’yishni qanday qilib oqlash mumkin? Ellikqal’a tumanidagi aylanma yo’llardan birida harakatlanayotgan davlat raqami 10 N 187 AA bo’lgan “Ford-tranzit” rusumli avtomashinani bojxona nazoratidan o’tkazgan Qoraqalpog’iston Respublikasi bojxonachilari salkam 1.5 tonna spirtning noqonuniy olib ketilayotganini fosh etishdi. 1000 ga yaqin 1,5 litrlik sig’imdagi yelim idishlarga solingan, qiymati 10 million so’mga yaqin ushbu mahsulot haydovchi O. Temirovga tegishli ekan. Sirdaryolik bojxonachilar ham alkogolli mahsulotlarning noqonuniy aylanmasiga o’z vaqtida chek qo’yishmoqda. Xovos tumanida to’xtatib tekshirilgan yangierlik T.To’ychiev boshqaruvidagi “Kamaz”ning yukxonasi salkam 30 million so’mlik mahsulotlarni o’zida yashirgan ekan. Hech qanday hujjatlarsiz ortilgan ushbu 6 xil turdagi mahsulotlarning asosiy qismini 7000 dan oshiq shisha idishlarga qadoqlangan (salkam 11 tonna) “Pulsar” pivosi tashkil qilar ekan. |
| Barcha huquqlar himoyalangan. O'zR DBQ. © 2006 - 2007 Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan |