ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Qonunbuzarliklarga chek qo’yilmoqda
05.08.2008 16:24

Hozir yurtimizda qishloq xo’jaligi mahsulotlari ayni pishib yetilgan payt. Xalqimiz rizqiga xiyonat qilayotgan ayrim kimsalar esa yurtimizda yetishtirilgan noz-ne’matlarni chetga noqonuniy ravishda olib  chiqishga urinmoqdalar. Ularning qonunga zid xatti-harakatlariga respublikamiz bojxonachilari tomonidan o’z vaqtida chek qo’yilib, sara mahsulotlar el dasturxoniga qaytarilmoqda.

Jizzax viloyati bojxonachilari va boshqa huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari hamkorligida o’tkazilgan tezkor tadbir davomida aylanma yo’lda harakatlanayotgan 2 ta “KamAZ” rusumli yuk avtomashinalari to’xtatilib, bojxona nazoratidan o’tkazildi.

Natijada, fuqaro  I. Azimov   24 tonna  kartoshkani E. Qosimov va   T. Abdusoatov boshqaruvidagi “KamAZ”larga yuklabhech qanday hujjatlarsiz qo’shni davlatga olib ketilayotganligi  ma’lum bo’ldi.

Shunga o’xshash holatga Namanganlik bojxonachilar tomonidan ham chek qo’yildi. Fuqaro T. Saidvaqqosov “KamAZ” rusumli yuk avtomashinaga 15 tonna kartoshkani yuklab, aylanma yo’llar orqali qo’shni  respublikaga olib ketayotganda bojxonachilar tomonidan to’xtatib qolindi.

Farg’ona tumani hududidagi aylanma yo’lda harakatlanayotgan xorijlik fuqaro    A. Papenin boshqaruvidagi “VOLVO” rusumli yuk avtomashinasi bojxona nazoratidan o’tkazilganda, unga 17 tonna kishmish navli uzumlar ortilganligi aniqlandi.

    Ma’lum bo’lishicha, A. Papenin fuqaro U. Ro’zimatov bilan til biriktirib, ushbu mahsulotlarni respublikamizdan noqonuniy ravishda olib chiqishni mo’ljallagan ekan.

         Shuni ta’kidlash joizki, bojxona qonunchiligi buzilishining oldini olish maqsadida joylarda o’tkazilayotgan uchrashuvlarda targ’ibot-tashviqot ishlarida qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining chetga olib chiqilishiga qarshi kurashish borasida chegaradosh mahallalarda yashayotgan fuqarolarning ham alohida o’rni va amaliy yordami borligi aytilmoqda.  


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM