ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Qonunbuzarliklarga chek qo'yildi
03.10.2008 15:39

Respublikamiz bojxonachilari turli tovar-moddiy boyliklarning yurtimiz sarhadlari orqali  noqonuniy ravishda olib o’tilishining oldini olish borasida qator chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqda.

Yaqinda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari yirik miqdordagi va saralangan qishloq xo’jaligi mahsulotlarining chetga noqonuniy olib chiqilishining oldini olishdi. Chegaraga yaqin joydagi mahallada harakatlanish uchun payt poylab, yuk egalarining ishorasini kutib o’tirgan respublikamiz fuqarolari boshqaruvidagi 7 ta “Gazel” hamda  “Uaz” rusumli avtomashinalar bojxona nazoratidan o’tkazilib, qo’lga olindi.

 Negaki, tizilishib, karvon bo’lib yo’lga chiqayotgan ushbu avtomashinalarga salkam 20 tonna uzum, olma, anor, shaftoli, nok, olxo’ri kabi turli qishloq xo’jaligi mahsulotlari yuklangan ekan.   Noqonuniy olib chiqib ketilayotgan mahsulotlar orasida hattoki qo’ziqorinlar ham bor ekan.

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari va boshqa huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari hamkorligida o’tkazilgan tadbir davomida aylanma yo’lda harakatlanayotgan fuqaro Niyozov boshqaruvidagi mana bu “KamAZ” tekshiruvdan o’tkazildi.

Natijada, mashinaga fuqaro Po’latxo’ja Hasanovga tegishli qariyb 10 tonnaga yaqin “Kishmish” navli uzumlar yuklanganligi va ular noqonuniy  ravishda qo’shni davlatga olib ketilayotganligi aniqlandi.

Farg’ona viloyati bojxona boshqarmasi va chegara qo’shinlari xodimlari aylanma yo’lda harakatlanayotgan “KamAZ” rusumli yuk avtomashinasini to’xtatib tekshirishganda, fuqaro Abdulaziz Malikov boshqaruvidagi ushbu avtomashinaga og’irligi 9 tonnadan ortiq, qiymati qariyb 5 million so’mlik, behi, uzum, va anor yuklanganligi aniqlandi. Ma’lum bo’lishicha, bu sara mahsulotlar qo’shni respublikaga noqonuniy ravishda olib chiqib ketilayotgan ekan.

Hozirda yuqoridagi qonunbuzarlik holatlari yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM