ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Qog’ozda “yo’q” aqchalar
20.06.2009 16:09
        Respublikamiz bojxonachilari tomonidan naqd valyutalarni olib o’tish bilan bog’liq amaldagi tartib va me’yorlarni buzgan shaxslarning noqonuniy hatti-xarakatlariga o’z vaqtida chek qo’yilmoqda.
         Xorij fuqarosi Ma Veniamin Toshkent aeroportidan “Toshkent-Moskva” yo’nalishida o’z yurtiga uchayotib, bojxona bayonnomasida hech qanday xorijiy valyutalarni olib ketmayotganligini qayd etgan edi. Ammo, post xodimlari uni bojxona nazoratidan o’tkazishganda, mehmonning yonida 40 ming Rossiya rubli yashirilganligi ma’lum bo’ldi.    
       Andijon viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari ham naqd xorijiy valyutalarning noqonuniy olib o’tilishiga qarshi chora-tadbirlar olib bormoqdalar. “Do’stlik” bojxona posti orqali qo’shni davlatga chiqib ketayotgan fuqaro T.Nuridinov o’zi bilan 3400 AQSh dollarini bojxona bayonnomasida ko’rsatmasdan turib, yashirincha olib chiqmoqchi bo’lganida bojxonachilar tomonidan fosh etildi.
       Qo’shni davlat fuqarosi G.Badirova ham yonidagi naqd valyutani yashirib yanglishdi. Ushbu ayol 2700 AQSh dollari hamda 21 mingga yaqin qozoq tengesini bojxona bayonnomasida qayd etmasdan olib o’tmoqchi bo’lganda Toshkent viloyati bojxonachilari darrov uning shubhali harakatlarini sezib qolishdi va bojxona nazoratidan o’tkazishdi. Oqibatda esa qonunbuzar qing’ir ishidan pushaymon bo’lishdan o’zga chora topolmay qoldi.
       Viloyatning “S.Nadjimov” bojxona posti xodimlari esa yirik miqdordagi naqd xorijiy valyutalar kontrabandasiga chek qo’yishdi. Qo’shni davlat fuqarosi K.Tashkinbaeva yurtimizga kirayotib, 25 ming 500 AQSh dollarini bojxona bayonnomasida ko’rsatmasdan yashirincha olib o’tishni ko’zlagan ekan. 

 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM