![]() |
Davlat Madhiyasi | 31 iyul 2010 | Ðóññêèé | Bosh sahifa | Manzilimiz |
|
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
|
|
Matbuot xizmati
Qing’ir ishning qiyig’i chiqdi
31.10.2008 14:30
Respublikamiz bojxonachilari tovar-moddiy boyliklarining yurtimizga noqonuniy ravishda olib kirilishi hamda valyuta boyliklari kontrabandasiga qarshi kurashish yo’nalishida qator chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqda. Yaqinda, Farg’ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari “Neksiya” rusumli avtoulovni to’xtatib bojxona nazoratidan o’tkazishganda unda fuqaro X. To’lanboev xorijda ishlab chiqarilgan, qiymati qariyb 9 million so’mlik, bojxona rasmiylashtiruvidan o’tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo’lmagan kiyim-kechaklarni olib ketayotganligi ma’lum bo’ldi. Andijon viloyati bojxona boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari hamkorligida o’tkazilgan tadbir davomida Damas rusumli avtomashina bojxona nazoratidan o’tkazildi. Natijada, unga fuqaro P. Abdievga tegishli, qiymati 3 million so’mdan ortiqni tashkil etuvchi xorijda ishlab chiqarilgan texnika vositalari yuklanganligi va ular qo’shni davlatdan yurtimizga aylanma yo’lllar orqali olib kirilganligi fosh etildi. Sirdaryolik bojxonachilar ham boshqa huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari bilan hamkorlikda tadbir o’tkazishib, Sirdaryo tumanida yashovchi Z.Abdalimovaning xonadonini qonunchilikda belgilangan tartibda tekshirishdi. Natijada, ushbu xonadonda qiymati qariyb 7,5 million so’mlik qandolat mahsulotlari noqonuniy ravishda saqlanayotganligi aniqlandi. Viloyat bojxonachilari yana bir holatda qo’shni davlatdan kirib kelayotgan fuqaro G. Umarovaga teshili yuklarni bojxona nazoratidan o’tkazishganda, ushbu ayol qiymati 2 million so’mdan ortiqni tashkil etuvchi 1474 dona atir-upalarni noqonuniy ravishda yurtimizga olib kirmoqchi bo’lganligi oshkor bo’ldi. Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari qo’shni davlat fuqarosi B.Mirzoevani bojxona nazoratidan o’tkazishganda u bojxona bayonnomasida ko’rsatilmagan 7000 AQSh dollarini noqonuniy ravishda yurtimizdan olib chiqmoqchi bo’lganligi ma’lum bo’ldi. Samarqandlik bojxonachilar Moskvaga uchib ketmoqchi bo’lgan Rossiya fuqarosi M. Bayrambekovaning qo’l yuklarini bojxona nazoratidan o’tkazishganda, uning qo’l yuklari orasidan bojxona bayonnomasida ko’rsatilmagan jami 65 000 Rossiya rublini “topib olishdi”. Hozirda yuqoridagi qonunbuzarlik holatlari yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. |
| Barcha huquqlar himoyalangan. O'zR DBQ. © 2006 - 2007 Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan |