ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 6 sentabr 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Qing’ir ishning qiyig’i
14.05.2010 20:01

Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomalada bo’lish nafaqat jismoniy, ruhiy asoratlarga olib keladi, balki jamiyat uchun ham turli ijtimoiy xavflarni tug’diradi. Buning oldini olish borasida esa respublikamizdagi huquqni muhofaza etuvchi idoralar bilan bir qatorda Davlat bojxona qo’mitasi tomonidan ham qator chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari qo’shni Afg’onistondan kirib kelgan yuk vagonlarini bojxona ko’rigidan o’tkazish chog’ida xizmat itlari ko’magida vagonlardan birining tag qismiga 2 dona paketda skotch bilan o’ralgan  o’ramlar yashirib qo’yilganligini aniqlashdi. Xolislar ishtirokida ushbu o’ramlar ko’zdan kechirilganida, ularda o’tkir xidli och sarg’ich tusdagi salkam 600 gr. “geroin” giyohvand moddasi borligi aniqlandi.

Qashqadaryolik bojxonachilar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda Chiroqchi tumanida fuqaro N.Eshmo’minovning xonadoni qonunchilikka muvofiq ko’zdan kechirilganda, xovlida 24 tup nasha giyoxvand o’simliklari borligi ma’lum bo’ldi. Qush uyasida ko’rganini qiladi deganlaridek, N.Eshmo’minovning o’g’li esa otasidan ham o’tib tushdi. U salkam 350 gr. “marixuanna”ni tselofan paketga solib, xonadon tomorqasiga ko’mib qo’ygan, shuningdek, yelim idishdagi 14.4 gr. nasha o’simligi urug’larini og’ilxonaga yashirgan ekan.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM