![]() |
Davlat Madhiyasi | 31 iyul 2010 | Ðóññêèé | Bosh sahifa | Manzilimiz |
|
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
|
|
Matbuot xizmati
Qing’ir ish keltirar tashvish
11.12.2008 15:24
Respublikamiz bojxonachilari pirotexnika mahsulotlarining yurtimizga noqonuniy olib kirilishini oldini olish borasiida qator chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqda. Yaqinda Namangan viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan “Andijon-Toshkent” yo’nalishi bo’yicha harakatlanayotgan “Neksiya” rusumli avtomashina bojxona nazoratidan o’tkazildi. Natijada fuqaro N.Ashirbekova umumiy qiymati 3 million so’mdan ortiq 9 ming donaga yaqin pirotexnika vositalarini noqonuniy olib ketayotganligi ma’lum bo’ldi. Yana bir holatda viloyatning “Qiziltol” harakatdagi bojxona posti xodimlari aylanma yo’lda harakatlanayotgan “Neksiya” rusumli avtomashinani tekshirishganda fuqaroR. Allaberganova hech qanday hujjatlarsiz jami 4 276 dona 30 kilogrammdan ortiq pirotexnika vositalarini olib ketayotganligi aniqlandi. Shunga o’xshash holat Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan ham aniqlandi. Qo’shni davlat fuqarosi D. Begimqulov hech qanday hujjatlarsiz jami 3 million 155 ming so’mlik vazni yarim tonnadan ortiq pirotexnika vositalarini noqonuniy tarzda mo’may daromad ortirish maqsadida yurtimizga olib kirmoqchi bo’lgan ekan. Ammo uning “orzulari” bojxonachilar tomonidan chippakka chiqarildi. Qo’shni davlat fuqarosi K. Baurbekov 2 million 80 ming so’mlik jami 1700 dona pirotexnika vositalarining yurtimiz hududiga noqonuniy olib kirishga uringanda Sirdaryo viloyati “Malik” bojxona posti xodimlari tomonidan to’xtatib qolindi. Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. |
| Barcha huquqlar himoyalangan. O'zR DBQ. © 2006 - 2007 Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan |