ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 6 sentabr 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Piyozni deb “achchiqlangan”lar
20.07.2010 10:32
Zaminimizda yetishtirilgan turli qishloq xo’jaligi mahsulotlariga talab hech qachon susaymagan. Shunga yarasha bozorlarimizda ham hamisha to’kin-sochinlik xukmron. Yaratilayotgan shart-sharoitlar bois tadbirkorlarimizning qishloq xo’jaligi mahsulotlari nafaqat yurtimiz bozorlarida, balki horijda ham o’z xaridorlarini topmoqda. Respublikamizda qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksporti uchun ham barcha qonuniy imkoniyat va shart-sharoitlar yaratib berilgan. Amaldagi qonunchilikka muvofiq bu kabi mahsulotlarning eksporti - mulkchilik shaklidan qat’iy nazar yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo’yilgan.
         Shunday bo’lsada, xalqimiz rizqiga xiyonat qilayotgan ayrim “uchar” tadbirkorlar yurtimizda yetishtirilgan sara mahsulotlarni chetga noqonuniy ravishda olib o’tib, mo’may daromad orttirishga urinmoqdalar. Ularning qonunga zid xatti-harakatlariga respublikamiz bojxonachilari tomonidan o’z vaqtida chek qo’yilmoqda va noz-ne’matlar el dasturxoniga qaytarilmoqda.
       Raqamlarga murojaat qilsak, respublikamiz bojxonachilari tomonidan joriy yilning o’tgan yarmi davomida aniqlangan 1650 dan ortiq qonunbuzarlik holatlarida qiymati 2.8 mlrd. so’mlik, 2,4 ming tonnadan ortiq qishloq xo’jaligi mahsulotlarining noqonuniy ravishda olib o’tilishiga chek qo’yilgan.
         Sirdaryo viloyati bojxonachilari ham bu borada bir nechta qonunbuzarlik holatlarining oldini olishdi.
        Viloyat bojxonachilari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda Xovos tumanida fuqaro D.Alimqulovning xonadoni amaldagi tartiblarga muvofiq ko’zdan kechirilganda, hovlida turgan “Kamaz” yuk mashinasiga 5 tonna piyoz ortilgani aniqlandi. Ma’lum bo’lishicha, fuqaro I.Norqo’ziev hech qanday haq-huquqi bo’lmasa-da, imkon bo’ldi deguncha qo’shni davlatga olib chiqish maqsadida ushbu qishloq xo’jaligi mahsulotlarini Alimqulovning xonadonida vaqtincha saqlayotgan ekan.
        Hamkorlikdagi tadbirlar davomida Sirdaryo tumanida Yu.Esonov ham  qo’shni davlatga olib chiqish uchun rejalashtirilgan 10 tonnadan ortiq piyoz uchun o’z xonadonidan “joy” ajratgan. Yuk egasi fuqaro O. Rustamov esa xonadon egasining bu “yaxshiligi”ga javob qaytarishga ulgurmadi.
        Shuningdek, Sirdaryo tumanidagi S.Eralievning xonadonida ham xech qanday xujjatlarsiz qo’shni davlatga olib chiqish maqsadida 10 tonnadan ortiq piyoz noqonuniy ravishda saqlayotganligi fosh etildi.
       Baxt shahri hududida U.Artikbaev boshqaruvidagi “Zil” yuk mashinasi bojxona nazoratidan o’tkazilganda, unga ortilgan salkam 5 tonna piyozga tegishli bironta ham hujjatlar yo’qligi ma’lum bo’ldi. Aniqlanishicha, yuk egasi S. yesibaev ushbu qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qo’shni davlatga olib chiqishni rejalashtirgan edi.
       Xovos tumanidagi chegara sim to’siqlari yonida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillarini ko’rib qolgach, qo’shni davlat hududi tomon juftakni rostlagan qonunbuzarlardan qolgan qoplar xolislar ishtirokida ko’zdan kechirildi. Ayon bo’lishicha, ular salkam 8 tonna piyozni respublikamizdan olib chiqishga urinishgan ekan.
        Hozirda ushbu holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM