ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 11 mart 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Oliy harbiy bojxona instituti | Matbuot xizmati | Manzilimiz | www.gov.uz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Paqildoqlar… salkam 8 tonna!!!
12.01.2010 17:43

Bojxonachilarimiz tomonidan pirotexnika mahsulotlarining nafaqat respublikamiz hududiga kirtiishi va ichki bozorda sotilishi, balki sarhdalarimiz orqali qo’shni davlatlarga tranzit qilinishining ham oldini olish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

          Ammo ko’rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan,  pirotexnika mahsulotlarining bozori chaqqonligidan foydalanib, mo’maygina daromadli bo’lishni ko’zlagan qo’shtirnoq ichidagi tadbirkorlar noqonuniy yo’llar bilan ularni yurtimizga olib kirish payida bo’lmoqdalar.
          Jizzax viloyati bojxonachilari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda o’tkazilgan tezkor tadbir davomida, Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro Dilfuza Asadovaning xonadoni qonunchilikda belgilangan tartibda ko’zdan kechirilganda, bu yerda  16 dona polietilen qoplarga joylangan qutilarda 524 kilogramm pirotexnika vositalari yashirincha saqlanayotganligi ma’lum bo’ldi. Bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi hujjatlari bo’lmagan ushbu 7 turdagi salkam 110 ming dona turli pirotexnika vositalarini yashrincha saqlayotgan xonadon sohibasi nafaqat oila a’zolari, balki qo’ni-qo’shnilarining hayotini ham jiddiy xavf ostiga qo’yganini bilarmikan?
         Yaqinda Surxondaryo viloyati bojxonachilari yirik miqdordagi pirotexnika vositalarining respublikamiz hududidan noqonuniy olib o’tilishiga chek qo’yishdi. Qo’shni davlatga tranzit tariqasida o’tayotgan yuk poezdi bojxonachilar va boshqa huquqni muhofaza etuvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda ko’zdan kechirilganda, vagonlardan biriga hujjatlarda qayd etilgan to’qimaqchilik va xo’jalik mollaridan tashqari,  boshqa yuklar ham ortilganligi aniqlandi. Tekshiruvlar natijasida, 293 qutidan iborat ushbu yuklar salkam 60 ming dona turli pirotexnika vositalari ekanligi ma’lum bo’ldi. Qiymati 125 million so’mlik, oz emas-ko’p emas, salkam 8 tonna og’irlikdagi ushbu pirotexnika vositalari vaqtida to’xtatib qolinmaganida, qo’shni halqning bayram kunlaridagi xotirjamligiga putur yetkazishi mumkin edi.
            Raqamlarga murojaat qiladigan bo’lsak, respublikamiz bojxonachilari tomonidan o’tgan 2009 yilda aniqlangan 300 ga yaqin qonunbuzarlik holatlarida og’irligi 24 tonnadan ortiq salkam 13 mln. dona pirotexnika vositalarining noqonuniy olib o’tilishi va respublikamiz hududiga olib kirilishiga chek qo’yilgan.


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM