ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 6 sentabr 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
O'zgartishlar kiritildi
21.07.2010 11:47

Bojxona sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga kiritlgan ayrim o’zgartirishlarning qisqacha sharhlarini hukmingizga havola etamiz.
        - Davlat bojxona qo’mitasining qarori  (Adliya vazirligi tomonidan 2010 yil 15 iyunda 1134-2 son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan) bilan Reeksport bojxona rejimi to’g’risidagi nizomga (ro’yxat raqami 1134, 2002 yil 2 may) kiritilgan o’zgartishlarga muvofiq, 2010 yilning 25 iyunidan boshlab ilgari bojxona nazorati ostida qayta ishlash rejimiga joylashtirilgan tovarlarni endi reeksport rejimida olib chiqish mumkin emas. 

          - Davlat bojxona qo’mitasining qarori  (Adliya vazirligi tomonidan 2010 yil 28 iyunda 1272-3 son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan) bilan Bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha mutaxassis to’g’risidagi nizomga (ro’yxat raqami 1271, 2003 yil 15 sentyabr) o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. Bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha mutaxassis bo’lib endi faqat iqtisodiyot yoki yurisprudentsiya sohasidagi oliy yoki o’rta maxsus ma’lumotga, shuningdek tashqi iqtisodiy faoliyat mutaxassisi sifatida tashkilotlarda kamida 1 yillik ish stajiga ega bo’lgan shaxs ishlay oladi. Malaka sertifikatining amal qilish muddati esa mutaxassis malaka imtihonidan muvaffaqiyatli o’tgandagina uzaytiriladi. Mutaxassis majubriyatlariga bojxona organining talabiga binoan tovarlar va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona ko’rigidan o’tkazish paytida ishtirok etish ham qo’shildi.  2010 yil 8 iyuldan kuchga kirdi.
         - Davlat bojxona qo’mitasining qarori  (Adliya vazirligi tomonidan 2010 yil 28 iyunda 1272-3 son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan) bilan Bojxona brokeri to’g’risidagi nizomga (ro’yxat raqami 1271, 2003 yil 15 sentyabr)o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. Chunonchi, bojxona brokeri tovarlar va transport vositalarini bojxonada rasmiylashtirish bilan bog’liq operatsiyalarni o’z nomidan hamda uning nomidan harakat qilayotgan shaxsning topshirig’iga binoan va uning hisobidan amalga oshirganda quyidagilarga majburdir: bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha mutaxassisni sug’urta polisi, malaka attestati, ishga qabul qilganlik to’g’risidagi buyruq nusxalari bilan ta’minlash; bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha qo’shimcha mutaxassislar shtatga hisobga qo’yilganligi va ishdan ozod etilganligi, rahbarning o’zgarganligi, yuridik shaxsning haqiqatda joylashgan joyi (pochta manzili) va telefon raqamlari o’zgarganligi to’g’risida 3 ish kuni davomida Davlat bojxona qo’mitasining xabardor qilish; bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha mutaxassislarni hisobga olish kartasini yuritish; ularning nomidan harakat qilayotgan shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar jurnalini yuritish; fuqarolik javobgarligini sug’urtalash shartnomasini tuzishda Davlat bjoxona qo’mitasiga sug’urta polisini taqdim etish.
           Hujjat bilan belgilanishicha, bojxona brokeri sifatida faoliyat yuritish shartlarini buzganlik uchun yuridik shaxs Bojxona kodeksining 171-moddasiga muvofiq EKIHning 100 baravaridan 250 baravarigacha miqdordagi jarima ko’rinishda javobgarlikka tortiladi. 2010 yil 8 iyuldan kuchga kirdi.  

                                                                         "Íîðìà-ìàñëàҳàò÷è" ãàçåòàñèíèíã
 2010 éèë 20 èþëäàãè ¹ 27 (260)
ñîíèäàí îëèíäè


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM